142
qancha yuqori bo‘lsa, retseptorlar shuncha kuchli qo‘zg‘aladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ichki quloqning yarimdoira kanal-
chalari va xaltasimon tuzilmalardagi
retseptorlarning har qaysisi
ma’lum bir harakatlarda qo‘zg‘alish xususiyatiga ega. Odamning
muvozanat organi normal rivojlangan va sog‘lom bo‘lsa, uning
turli xil murakkab harakatlari, fazoda turli holatlarda bo‘lishi
noxush hollarni yuzaga keltirmaydi.
Bu organ yaxshi chiniq-
tirilgan bo‘lsa, odam har qanday silkinish, tebranish,
aylanish
harakatlariga va samolyotda uchishga, suv kemalarida yurishga
bardoshli bo‘ladi.
Muvozanat organi funksiyasining buzilishi.
Muvozanat
organining
funksiyasi har xil kasalliklar, shikastlanish hamda
bu organning yoshlikdan chiniqtirilmaganligi tufayli buziladi.
Odam harakati biroz tezlashganda,
aylanganda, tebranganda,
transportda yurganda bosh aylanishi, ko‘z tinishi,
yurak urishi
tezlashishi, qon bosimi pasayishi, rang oqarishi, ko‘ngil aynishi
va qusishi, ba’zan esa hatto hushidan ketishi mumkin.
Vestibular analizatorni chiniqtirish
tadbirlarini yoshlikdan
boshlash zarur. Bolani beshikda va belanchakda tebratish, so‘ngra
velosiðedda yurishni mashq qildirish,
karuselda aylanish, suvda
suzish, yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport o‘yin-
lari bilan shug‘ullanish, raqsga tushish kabilar bu organni
chiniqtiradi.
1.
Muvozanat organining tuzilishi va funksiyasini tushuntiring.
2.
Muvozanat organining funksiyasi buzilganda
odamda qanday noxush
belgilar paydo bo‘ladi?
3.
Muvozanat organi qanday chiniqtiriladi?
4.
Muvozanat organining markazi qayerda joylashgan?
Dostları ilə paylaş: