Международный
научный
журнал
№
4
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Ноябрь
, 202
1553
AMIR TEMUR DAVRIDA IQTISODIY QARASHLAR
Jasur bek Abdullayev
Ilmiy rahbar:
QarMII iqtisodiyot yo’nalishi tyutori
Maxmudov Suxrob
QarMII “Iqtisodiyot “ yo’nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola XIV va XV asrlarda hukmronlik qilgan buyuk
Sohibqiron Amir Temur davridagi iqtisodiy qarashlarga bag’ishlanadi. Amir Temur
davridagi iqtisodiyot va uning rivojlanish sabablari ushbu maqolada aks ettirilgan.
Kalit
so’zlar:
Amir
Temur,Movorounnahr,iqtisodiyot,savdo-
sotiq,soliqlar,Devon,loy jangi,Sayyid Baraka,Amir Husayn
KIRISH
Ma’lumki III Sohibqiron davrida Movorounnahr jahon savdosi o’chog’iga aylandi.
Mo’g’ullar qo’lidan ozod qila olgan yurtni juda tez sur’atda
yuksaltirish uchun
Sohibqiron turli xil yo’nalishlarda rivojlantirishga harakat qildi. Turli xil saroylar va
masjidlar qurish,
dehqonchilikni rivojlantirish, tashqi va ichki savdo aloqalarini bir
maromda yo’lga qo’yish uchun albatta Amir Temur o’z shaxsiy iqtisodiy qarashlariga
ega bo’lishi va buni amalda ko’rsatib bera olishi kerak edi.
Umuman olganda, O’rta Osiyo xalqlari uzoq muddat mo’g’ullar
mustamlakasi
ostida yashadi. Lekin siyosiy maydonga Amir Temurning qadam qo’yishi bu xalqlar
taqdirini tom ma’noda o’zgartirib yubordi . 1365-yil 22-maydagi loy jangidan so’ng
Ilyosxo’ja boshliq mo’g’ul lashkari Amir Temur va Amir Husayn qo’shinini
kutilmaganda yengadi va Samarqand tomon yo’l oladi.
Biroq Samarqand ostonasida
kutilmaganda Sarbadorlar qarshiligiga uchragan mo’g’ul lashkariga bu g’alaba samara
bermaydi. Shundan so’ng Movorounnahrni tark etgan Ilyosxo’ja va uning qo’shinining
zulmi tugaydi va Amir Temur va Amir Husayn nizosi boshlanadi. 1370-yilda Balx
tomon yurish boshlagan Amir Temur yoniga o’z davrining eng buyuk ulamolaridan biri
Sayyid Baraka keladi va unga hukmronlik ramzi bo’lgan bayroq va nog’ora taqdim
etadi. Bu voqea Amir Temurning hayotida o’zgacha o’rin tutadi ,
chunki shu voqea
sabab Amir Temur Amir Husaynni qiyinchiliksiz yengadi va bu voqea sababli uning
yoniga ko’pgina amirlar kelib qo’shiladi. 1370-yilda Amir Temur taxtga o’tirgach O’rta
Osiyo va umuman butun dunyo xalqlari uchun yangi davr boshlandi .
Iqtisodiy jihatdan tarqoq davlatni Amir Temur o’ta tez sur’atlarda ham
iqtisodiy ham madaniy jihatdan rivojlantira olgan . Xatto 3 yillik , 5 yillik va 7
yillik
urush safarlarida davlatda iqtisodiy o’sish va madaniy rivojlanish bo’lgan . Umuman
olganda , Sohibqiron iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos va o’z
davri uchun
mukammal yo’l tutgan . Davlatning har bir viloyatida Devon deb ataluvchi boshqarma
bo’lib, u davlatning muhim ishlarini ya’ni soliq yig’ish, tartib saqlash,ijtimoiy binolar –
bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan.