часть
2
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 202
1554
Uning xodimlari tomonidan tosh-u tarozi to’g’riligi tekshirib turilgan va qalloblar
ayovsiz jazolangan. Mamlakatda ko’rilgan bunday chora tadbirlar avvalo adolatni
yuzaga kelishiga sabab bo’lgan va albatta aholini qashshoqlik va mamlakatni iqtisodiy
tanazzulga tushib qolishini oldini olgan. Negaki Amir Temur : “Raiyatni xonavayron
qilish davlat xazinasini kambag’allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi
esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z
navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi.” degan fikrni olg’a suradi va buni
amalda ham namoyon qila oladi.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, yerga egalik
qilishning quyidagi turlari mavjud bo’lgan:
1.
Suyurg’ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib,
bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday yer
egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig’i – xiroj olganlar. Xiroj solig’i olingan hosilning
1/3 qismi ekanligi esa qaysidir ma’noda adolatdan bo’lgan degan fikrni uyg’otadi.
Chunki hosilning 1/3 qismini yer egasi olsa, 1/3 qismini dehqon oilasi uchun olib
qolgan va o’z o’rnida 1/3 qismi dehqon tomonidan savdoga chiqarilgan.
2.
Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati
uchun berilgan.
3.
Ushr yerlar . Sayid va xo’jalarga mansub yerlar. Bu yerlardan olingan
hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.
4.
Vaqf yerlari . Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarni o’z
ichiga oluvchi yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan
in’om etiladi.
5.
Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan yerlar .
Agarda kimda kim sahroni obod qilsa yo yer osti suvlarini chiqarsa , yoxud
xarob bo’lib yotgan yerlarni obod qilib dehqonchilik uchun foydalansa, birinchi yil
undan soliq olinmagan, ikkinchi yil roziligi bilan bergan miqdorda soliq topshirgan ,
faqatgina 3-yildan boshlab undan xiroj solig’i olingan. Ushbu vaziyatga bunday
yondashuv eng mukammal qaror bo’lgan, sababi qariyb ikki yil soliq to’lamay ishlashni
xohlagan dehqonlar qarovsiz va vayrona ahvolga kelib qolgan yerlarni, shu jumladan
cho’llarni ekinga yaroqli holatga olib kelgan, va bu orqali 3-yildan boshlab xiroj solig’i
olingan, bu esa ishlatishga yaroqsiz ko’pgina yerlardan bir necha yil ichida foydali soliq
olish imkonini bergan va bu yerlarda ishlagan dehqonlar ham davlat qishloq xo’jaligini,
ham o’z iqtisodiy holatini rivojlantirishga erishgan.
Amir Temur Angliya va Fransiya qirollari bilan tashqi savdo aloqalarini ham
yo’lga qo’yishni joiz deb biladi. Shu maqsad yo’lida Sohibqiron savdogarlarga juda
ulkan sharoitlarni yaratib beradi. To Mag’ribdan Mashriqqacha savdo-sotiq ishlari
uchun mukammal darajada imkoniyat yaratilgan. Masalan bir kunlik karvon yo’lida
karvonsaroylar barpo etilgan bo’lib, karvonsaroylarda yem-xashak, otlar, oziq-ovqat,
suv bo’lgan va muntazam ravishda turli xil inshoatlar, masalan, sardobalar qurilgan.
Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, chet eldan keltirilgan tovar hamda