Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


- §. Muskul, pay va bo‘g‘imlar orqali sezish



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

50- §. Muskul, pay va bo‘g‘imlar orqali sezish
(harakat analizatori)
„Tayanch-harakatlanish sistemasi“ mavzusida aytilganidek,
odamning barcha harakatlari tananing ko‘ndalang yo‘lli muskullari,
paylar va bo‘g‘imlar orqali amalga oshadi. Har bir muskulning
qisqarishi va tananing ma’lum bo‘g‘imidan harakat o‘tishi uchun
bu to‘qimalarda mazkur qo‘l yoki oyoqning fazodagi holati haqida


143
sezish impulslari hosil bo‘ladi. Ular miyaning harakat markaziga
o‘tkaziladi. Harakat markazi bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining
oldingi markaziy pushtasida joylashgan.
Muskul, pay va bo‘g‘imlarda retseptorlar bo‘lib, ular 
proprio-
retseptorlar,
deb ataladi. Muskul qisqarganda uning paylaridagi
retseptorlar, muskul bo‘shashganda esa uning tolasi orasidagi
retseptorlar qo‘zg‘aladi. Bu retseptorlarda paydo bo‘lgan qo‘zg‘alish
sezuvchi nerv tolalari orqali bosh miyadagi harakat markaziga
boradi. Qo‘zg‘alish harakat markazida analiz va sintez qilingach,
tananing u yoki bu qismida harakat bajariladi.
Muskul va paylardagi sezuvchanlikni I. M. Sechenov chuqur
o‘rgangan. Odam yurganida u har bir qadamda oyog‘ini qanday
qo‘yish kerakligini ko‘zi bilan qarab o‘tirmaydi, chunki oyoq
muskuli va paylardagi sezuvchanlik xususiyati orqali qadamlar o‘z-
o‘zidan ishonch bilan tashlanaveradi. Qizig‘i shundaki, muskul va
paylarning sezuvchanlik xususiyatini kishi bilmaydi va bu xususiyat,
asosan, ko‘rish, eshitish organlarining funksiyasi deb o‘ylaydi.
Shuning uchun ham Sechenov muskul va paylardagi sezuvchan-
likni qorong‘i yoki yashirin sezgi deb atagan. Bu sezuvchanlik uzoq
vaqt mashq qilish natijasida takomillashadi. Masalan, malakali
basketbolchilar ko‘zi bog‘langan holda ham to‘pni savatga tushira
oladi.
Muskul va bo‘g‘imlardagi sezuvchanlik bolaning o‘sishi,
rivojlanishi jarayonida takomillashadi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin