Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


  Katta qon aylanish doirasi qanday funksiyani bajaradi? 2



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

1. 
Katta qon aylanish doirasi qanday funksiyani bajaradi?
2. 
Kichik qon aylanish doirasi qanday funksiyani bajaradi?
3.
Limfa sistemasining tuzilishi va vazifasini tushuntiring.
4. 
Òaloqning funksiyasi nimadan iborat?
5.
Limfotsitlarning odam organizmidagi ahamiyatini aytib bering.
32- rasm.
Odam tanasidagi ba’zi
limfa tugunlarining joylashishi:
1
— tirsak bo‘g‘imi atrofidagi limfa
tugunlari
2
— qo‘ltiqdagi limfa
tugunlari; 
3
— son-qovuq sohasidagi
limfa tugunlari;

— bo‘yinning old
qismidagi limfa tugunlari.


48
17- §. Qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanishi
Ø
Qon oqish tezligi, puls
Gemodinamika qonuniga muvofiq, qon aylanishi sistemasining
yuqori qismida, ya’ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va
qonning oqish tezligi arteriya qon tomirlarida yuqori bo‘ladi. Quyi
qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo‘ladi.
Qon oqishining o‘rtacha chiziqli tezligi aortada 40 sm/s,
arteriyalarda 40—10 sm/s; arteriolalarda — 10—0,1 sm/s,
kapillarlarda — 0,1 sm/s, venalarda — 0,3—0,5 sm/s gacha
sekinlashadi.
Òinch holatda katta odam tanasi bo‘ylab qon bir marta aylanib
chiqishi uchun 25—30 s vaqt ketadi. Jismoniy mehnat va sport
bilan shug‘ullanganda yurakning qisqarishlar soni ko‘payadi, qon
oqishi tezlashadi va uning odam tanasini aylanib chiqishiga
sarflanadigan vaqt qisqaradi.
Òomir urishi (puls). 
Qon tomirlari devorining ritmik ravishda
to‘lqinlanib turishi 
tomir urishi,
ya’ni 
puls
deb ataladi. Arteriya qon
tomirlari devorining to‘lqinlanishi 
arterial puls,
vena qon tomirlari
devorining to‘lqinlanishi 
vena pulsi
deb ataladi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin