95
suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlari singari organizmning ichki
muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Aralash bezlarga me’daosti
va jinsiy bezlar kiradi (52- rasm).
Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joy-
lashgan bo‘lib, ularda ishlab
chiqariladigan suyuqlik
gormon,
deb
ataladi. Bezlarda ishlab chiqariladigan gormon bevosita bezning
to‘qimasidan o‘tayotgan qon va limfaga quyiladi.
Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar ni-
hoyatda oz miqdorda, ya’ni grammning milliard qismiga teng. Ammo
shunga qaramay, ular odam organizmidagi
barcha moddalar alma-
shinuvi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Ichki sekretsiya bez-
larining hammasi birga qo‘shilgan holda organizmning
endokrin
sistemasini
tashkil etadi. Bu bezlar odam tanasining turli qismlarida
joylashgan bo‘lsa ham, ularning funksiyasi
bir-biriga chambarchas
bog‘liq.
Giðofiz bezi
no‘xatsimon, massasi 0,5—0,6 g ga teng bo‘lib,
bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining
turk egarchasi
deb
atalgan qismida joylashgan. Giðofiz uch bo‘lakdan iborat:
oldin-
gi, oraliq va orqa bo‘laklar (53- rasm).
54- rasm.
Giðofiz bezi soma-
totrop gormonini ko‘p ishlab
chiqarganida odam bo‘yining nor-
madan ortiqcha o‘sishi — gigan-
tizm, bu gormon kam hosil bo‘l-
ganda bo‘y o‘smay qolishi —
nanizm holatining ko‘rinishi.
Dostları ilə paylaş: