Islomdan avval zardushtiylik dinida tabiatni, xususan, suvni iflos yoki isrof
qilgan kishi 400 darraga maxkum etilgan. Suvga hurmat islom
dinimizda ham saqlanib qolgan. Mana shu hurmat ta'sirida xalqda ko'plab
maqollar, rivoyatlar, ibratli hikoyatlar, ertaklar vujudga kelgan.
Ekologik ta'lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog'chalarida, umumiy
ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarlda hamda mehnat
jamoalarida davom ettiriladi. Bu o'rinda hayotiy misollar orqali hozirgi
paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastliligi uqtiriladi. Masalan,
hozir ko'plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog'larda xatto mevali va
manzarali daraxtlarga bog'lab boqadigan bo'lib qolishmoqda. Axir
o'tmishda xalqimiz qaramog'idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlagan-
ku. Buning ustiga hozirgidek hayvonlarni duch kelgan еrda emas, alohida
ajratib qo'yilgan yaylovlarda o'tlatgan yoki oilaviy dam olishga
chiqilganda o't-o'lanlar payxon qilinmagan, qir-adirlarda shisha siniqlari,
ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o'simliklar olamiga,
hayvonlarga zarar keltirilmagan. Ma'lumki, inson aqli uning umumiy
rivojlanishning dastlabki 3-4 yilida 50 foizni, 4-8 yilida 30 foizini, 8-17 yilda
esa 20 foizni tashqil qiladi. Shuni hisobga olib, ekologik ta'lim-tarbiyani;
asosan, bog'cha va maktablarda amalga oshirish zarur.
Bog'cha bolalarida avval ekologik ta'lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5
sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o'qituvchilarga ekologik
ta'lim-tarbiya beriladi.
O'lkamizming tabiiy o'simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni
muhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bilan yoshlarni maktab
Dostları ilə paylaş: