1.
Tijorat banklari haqida tushuncha va uning aholi farovonligini
oshirishdagi ahamiyati
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozor iqtiso- diyotiga
bosqichma-bosqich o‘tib borishda aylanma mablag‘lar muhim o‘rin tutadi. Hozirgi
kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, pul muomalasini barqarorlashtirish
asosida milliy pul birligini mustahkam- lashning asosiy yo‘llaridan biri ishlab
chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish va uning samaradorligini oshirish, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i energiya va
boshqa resurslardan to‘g‘ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash, iqtisodlilik
tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli
materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuni
ta’kidlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini
ta’minlash va oshirish avvalambor aylanma mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishga
bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berish
tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni asosida va
boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Tijorat banklari
tomonidan kreditlar o‘z kapitaliga, mustaqil balansiga va yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga beriladi. Bundan tashqari kreditlar
yuridik maqomiga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish uchun
ham ajratiladi. Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, ularning mulkchilik
shakllaridan qat’iy nazar, shartnoma. asosida qisqa (12 oygacha beriladigan kreditlar)
va uzoq (1 yildan oshiq muddatga beriladigan kreditlar) muddatli kreditlar beradilar.
Kreditlar asosan mijozning asosiy hisob-kitob hisobvarag‘i joylashgan tijorat banki
tomonidan beriladi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa belgilangan
tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq muddatli
moliyaviy beqarorlik, xo‘jasizlik va zararlarni qoplash uchun foydalanishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning asosiy turi bo‘lib bank krediti, ya’ni tijorat
banklari tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko‘rinishdagi kreditlar hisoblanadi.
Kredit munosabatlari yuzaga kelishi uchun uning obyektlari va subyektlari bo‘lishi
lozim. Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining subyekti bo‘lib, banklar
hamda xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin.
Ma’lumki, kreditlash jarayonida kredit munosabatlarining subyektlari bir tomondan
kredit beruvchi va ikkinchi tomondan kredit oluvchi sifatida qatnashadilar.
Kreditorlar bo‘lib, o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum bir
muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar.
Qarz oluvchi − o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni belgilangan
muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini oluvchi tomondir.
Bank kreditiga kelsak, kredit munosabatlarining subyektlari bo‘lib, albatta, kredit
beruvchi bank va qarzdor bo‘lib turli yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar.
Kreditning bu turi asosan banklarning jalb qilingan mablag‘lar bilan ishlashi bilan
bog‘liq. O‘zida jalb qilingan mablag‘larni ehtiyoji borlarga qayta taqsimlash orqali
banklar kreditor sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida xususiy, davlat, jamoa va kollektiv mulkchiligiga
asoslangan korxona va tashkilotlar tuzilishi hamda faoliyat ko‘rsatishiga huquqiy
asoslar yaratildi. Shu bilan birgalikda, aralash mulkchilikka asoslangan korxonalar ham
ochilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘ldi.
Ayniqsa, hukumat tomonidan xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni
rag‘batlantirish, aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, ularni
xususiylashtirish va banklar faoliyatini erkinlashtirish sharoitida kredit munosabatlari
subyektlarining ko‘lami oshib bormoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kreditlash
tarkibini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Kreditlash tartibi
Kreditlash obyekti − bu qarzga olingan pul yoki tovar shaklidagi moddiy
boyliklardan iborat. Uch bazaviy element (kreditlash subyekti, obyekti va ta’minoti)
umumlashgan holda kreditlash tizimi sifatida harakat qiladi. Lekin boshqa tomondan
yondashadigan bo‘lsak, kredit ta’minotsiz ham ajratilishi mumkin. Masalan, obro‘li va
xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan firma, joriy moliyaviy kiyinchiliklarga duch
kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha bu kreditni berishga
harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas. Yana bir
misolda ko‘rishimiz mumkin, bir korxon kelajagi juda samarali, istiqbolli va foydali
bo‘lgan loyihani bankka taqdim etib, bu loyihani moliyalash uchun kredit so‘rashi
mumkin. Bank ushbu loyiha istiqboliga amin bo‘lib, yuqori foyda olish maqsadida
kredit berishi mumkin.
Endi kreditlash subyektiga yana qaytadigan bo‘lsak, qarz oluvchi bo‘lib mulkchilik
turidan qat’iy nazar, bank ishonchini qozongan, ma’lum moddiy va huquqiy
kafolatlarga ega foiz to‘lash va kreditni o‘z vaqtida qaytarishga rozi bo‘lgan subyektlar
bo‘lishi mumkin.
Kreditlash subyektlariga yanada aniqroq yondashadigan bo‘lsak ularni
quyidagilarga bo‘lish mumkin:
—davlat korxona va tashkilotlari;
—kooperativlar;
—ishlab chiqarish subyektlari va savdo tashkilotlari;
—yakka mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, fermerlar,
mikrofirmalar, shirkatlar, birlashmalar;
—boshqa banklar;
boshqa xo‘jaliklar xususan bukumat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xalqaro
birlashmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari, qisqa muddatli kreditlarni yuridik shaxs maqomini olmasdan
faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tadbirkorlar ham olishlari mumkin. Yuqoridagi
subyektlar kredit oluvchi sifatida faroliyat ko‘rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit
muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin shuni ta’kidlash
kerakki, banklar banklararo kreditlarda qarz oluvchi subyekt sifatida ham faoliyat
ko‘rsatadilar.
Kredit subyekti, obyekti, ta‘minoti, kreditlash metodlari va usullari, kredit
monitoringini yuritish va boshqalar kredit mexanizimini tashkil etadi va ular kreditlash
mexanizmining asosiy elementlari hisoblanadi. Albatta, kredit mexanizmining
mohiyatiga turlicha yondashuvlar mavjud, lekin shu bilan birga, yuqorida keltirilgan
elementlar kredit mexanizmining asosini tashkil etadi. Kredit munosabatlarini
o‘rnatishda mazkur elementlarning qaysi biridir muhim ahamiyatni o‘zida
mujassamlashtirishi va kreditorning qaror qabul qilishida hal qiluvchi omilga aylanishi
mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kompaniya yoki
firma, joriy faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat
etdi. Bunda bank iloji boricha unga kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday
mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas.
Qishloq xo‘jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik xarajatlari; mineral
o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni kreditlashadi. Umuman olganda, qisqa
muddatli kreditlar quyidagi 3ta asosiy obyektni kreditlashga yo‘naltiriladi:
Tovar-moddiy boyliklar;
Ishlab chiqarish xarajatlari;
Hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar.
Uzoq muddatli kreditlar quyidagi kreditlash obyektlariga yo‘naltirilishi mumkin:
− ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun;
− ishlab chiqarish obyektlarini qaytata’mirlash, texnik qurollantirish va
kengaytirish uchun;
− texnikalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotib olish uchun;
− yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun;
− noishlab chiqarish sohasidagi obyektlarni qurish va hokazo.
Ko‘rinib turibdiki, kreditlarning turlariga qarab ularning kreditlash obyekti va
subyekti farqlanadi. Masalan:
tijorat kreditida − kreditlash obyekti tovar hisoblanib, subyekt esa sotuvchi bilan
xaridor hisoblanadi;
bank kreditida yuqorida ko‘rib chiqqan barcha obyektlar boiishi mumkin;
iste’mol kreditida − kreditlash obyekti iste’mol tovarlari hisoblanadi;
xalqaro kreditda − kreditlash subyekti bo‘lib asosan davlatlarlar va xalqaro
moliya tashkilotlari hisoblanadi va hokazo.
Tijorat banklarida kreditlash jarayoni beshta tamoyil asosida amalga oshiriladi:
Kreditning maqsadliligi.
Kreditning muddatliligi..
Kreditning qaytaruvchanligi.
Kreditning ta’minlanganligi.
Kreditning to‘lovliligi.
Kredit iqtisodiy munosabatlarni belgilangan tizimi sifatida boshqa pul
munosabatlaridan farq qiladi, ya’ni pulning xarakati qaytarib berish sharti bilan amalga
oshiriladi.
Banklar tomonidan kreditlar albatta ma’lum bir maqsad uchun ajratiladi. Masalan,
aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vosita xarid qilish, ish haqi to‘lash va boshqalar
uchun ajratiladi.
Kredit so‘ralayotgan maqsad va uning samaradorligi darajasi kredit olish uchun
taqdim etiladigan biznes rejada o‘z aksini topadi. Bank tomonidan ushbu reja va unda
aks ettiriladigan maqsad hamda uning samaradorligi kreditning belgilangan muddatida
qaytishiga to‘liq ishonch hosil qilingandagina kredit ajratish uchun qaror qabul qilinadi.
Kreditning muddatlilik tamoyili, qaytarishlik tamoyili bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega. Birinchidan, kreditning
mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag‘larning qaytarilishinigina bildirib
qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi.
Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgan kredit resurslarining
bo‘sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz oluvchining mablag‘-
larga bo‘lgan vaqtinchaiik ehtiyojlarining muddatiga bog‘liq.
Qaytaruvchanlik tamoyili kreditning mazmunini ifodalab, bank tomonidan
mijozlarga beriladigan har bir so‘m pul mablag‘lari yana bankka qaytarilishi lozim.
Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida mab- lag‘larning uzluksiz doiraviy aylanishi
hisoblanadi. Qaytaruvchanlik kreditning ajralmas atributi hisoblanadi. Kreditning
sanab o‘tilgan tamoyillari uning qaytaruvchanligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Kreditning keyingi tamoyili − kreditning ta’minlanganligidir. Bunda kreditning
ta’minlanganligi kredit berilishiga asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar
zaxiralari, ko‘chmas mulki yoki ishlab chiqarish xarajatlari summasiga mos kelishi
bilan belgilanadi, Bu o‘z navbatida kreditni o‘z muddatida qaytarilishiga kafolat
berilishini tasdiqlaydi. Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning
samaradorligini ta'minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.MakNoton
rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy
shartlaridan biri kreditlarni garov ta'minoti asosida berishni odatiy hol sifatida qabul
qilishdir, degan xulosaga keldi.
12
Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida olinadigan
mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga yetishi lozim. Bizning
fikrimizcha, olimning mulkni davriy baholash to‘g‘risidagi fikri respublikamiz
amaliyoti uchun ham juda muhim hisoblanadi. Chunki mulklarning joriy bahosini tez-
tez
o‘zgarish
holati
mamlakatimizning
xo‘jalik
amaliyotiga
xos
bo‘lgan holat hisoblanadi.
Ssudaning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun kredit shartnomasiga ko‘ra
qarz oluvchi garovga ma’lum qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni qo‘yib
rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa, u holda
garovni sotish choralari ko‘riladi. Kredit miqdori garovga qo‘yilgan mulk qiymatining
50 foizidan 80 foizigacha miqdorida beriladi.
Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kredit uchun haq to‘lash yoki foizlilikdir.
Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi korxona o‘z ehtiyoji uchun kreditga olgan pul
mablag‘laridan vaqtincha foydalan- ganligi uchun bankka belgilangan haqni to‘lashi
lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi 5 ta tamoyil asosida kreditlar mijozlarga taqdim etiladi va ularning nazorati,
monitoringi amalga oshiriladi.
Banklarning kreditlashini tashkil qilish turli me'yoriy-xuquqiy hujjatlarga, ya’ni
davlatimiz qonunlari, prezident qaror va farmonlari Markaziy bank nizomlari va boshqa
qonunosti hujjatlariga asoslanadi. Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6-maydagi PQ-2344-son
Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tijorat banklarining
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari
ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora- tadbirlar
to‘g‘risida» 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli qarori bilan tijorat banklariga kredit
portfeli tarkibidagi uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashtirish ulushiga qarab
tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lash yuzasidan berilgan
imtiyozlarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.
Imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‘armasining resurslari hisobidan berilgan kreditlar
orqali tijorat banklari oladigan daromadlari, bo‘shayotgan mablag‘larni mazkur
Jamg‘arma resurslarini oshirish uchun maqsadli yo‘naltirish sharti bilan, foyda solig‘ini
to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining
2013-yil 14-oktyabrdagi 329-B va 98-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 2527-sonli
“Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan
imtiyozli
mikrokreditlar
berish
tartibi
to‘g‘risida”gi
nizomga
asosan:
Davlat
maqsadli
jamg‘armasi - O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi - davlat maqsadli jamg‘armasi
tomonidan kichik tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga
ajratiladigan mablag‘lar;
Qarz oluvchilar (qarzdor) - yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik
korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari e'tirof
etilgan.
Mikrokreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik, shuningdek maqsadli
foydalanish shartlari asosida beriladi.
Mikrokreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga qaytarish
muddatini uzaytirish huquqisiz eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda
beriladi.
Mikrokreditlarning foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Bunda
bank
marjasi
foiz
stavkasining
50
foizini
tashkil
etadi.
Imtiyozli davr bilan berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ular berilgan kundan
boshlab hisoblanadi va asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan keyingi kundan boshlab
undiriladi.
Mikrokreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablag‘larini
shakllantirish;
savdo va umumiy ovqatlanish ob'yektlarini qurishni moliyalash, qimor va
tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda ular uchun uskunalar
sotib olish;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
ma'muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta'minoti;
Mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov maqsadlari
uchun berilishi mumkin emas.
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar:
chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish;
mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash;
hunarmandchilikni rivojlantirish;
kasanachilikni tashkil etish;
xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun beriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan ishlab chiqarishni
kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun
ajratiladigan mikrokreditlarni olishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi
qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladi:
kam ta'minlangan oilalar a'zolari;
tarkibida nogironlar, jumladan Ko‘zi ojizlar jamiyati a'zolari bo‘lgan oilalar;
tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a'zolari bo‘lgan oilalar;
boquvchisini yo‘qotgan oilalarning a'zolari;
yosh oilalarning a'zolari.
Qarz oluvchi o‘zining mazkur bandda nazarda tutilgan oila a'zosi ekanligini
tasdiqlash uchun bankka fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining
ma'lumotnomasini taqdim etishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan “Kichik
tadbirkorlik sub'yektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”i
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27- dekabrda
ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami – 2546) ga asosan:
1.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va
fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy korxonalar kreditlash ob'yektlari hisoblanadi.
2.
Kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadli
foydalanish shartlari asosida beriladi.
3.
Kreditlar tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga
muvofiq beriladi.
4.
Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan holda
quyidagi muddatlarga beriladi:
qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish
va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy
muddatgacha;
aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma
mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha.
5.
Tijorat banklari kreditlar bo‘yicha kreditlashning imtiyozli davrini belgilashlari
mumkin.
6.
Kreditlar qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun
ajratilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda 1697-son
bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga
imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida Nizom qabul qilindi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»,
«Mikromoliyalash to‘g‘risida», «Ipoteka to‘g‘risida», «Iste'mol krediti
to‘g‘risida»gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yosh oilalarni
moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»
2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmoniga muvofiq, tijorat banklari tomonidan
yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar, ipoteka va moliyaviy iste'mol
kreditlari berish tartibini belgilaydi.
Mamlakatimizda paxta va g‘alla yetishtirish uchun kreditlar berish 2007-yil 14-
aprelda Adliya vazirligida 1675 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan "Qishloq xo‘jaligi
korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish
xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi" to‘g‘risidagi Nizomga asosan
amalga oshiriladi va bu kreditlar davlat extiyojlariga sotiladigan mahsulot qiymatining
60 foizigacha miqdorlarida yillik 3 foizlik ustama haq to‘lash sharti bilan (2 foizli qismi
bank marjasi) g‘alla uchun 12 oygacha, paxta xom ashyosi uchun 18 oygacha bo‘lgan
muddatga beriladi;
Kreditlashni amalga oshirish bilan bog‘liq yana ko‘plab me’yoriy hujjatlarni
nizomlarni keltirish mumkin, misol uchun mikrokreditlar va mikromoliyaviy xizmatlar
2006-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonunga binoan
amalga oshiriladi. Kreditlash jarayoni uchun banklarga yo‘l boshlovchi bo‘ladigan yana
bir me’yor bu ularning o‘zi ishlab chiqadigan kredit siyosati hisoblanadi. Kredit siyosati
tijorat banklari kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan va bankning kredit faoliyati
maqsadlarini, kredit portfelini samarali boshqarish maqsadida bank tomonidan
kreditlashda yuzaga keladigan risklarni boshqarishda qo‘llaniladigan asosiy tamoyillar
usullar va yondashuvlarni belgilab beradigan hujjat hisoblanadi. Tijorat banklari kredit
siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 2-martda qabul
qilingan
«Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida» gi nizomiga
asosan ishlab chiqishadi. Bankning Kredit siyosati bank qanday kreditlar, qancha
miqdorda, qanday shaklda, kimga qaysi shartlar va muddatlarda berilishini belgilaydi
va bank kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha
ishlab chiqiladi.
Shunday qilib banklarda kreditlash jarayoni biz yuqorida keltirib o‘tgan nazariy va
huquqiy asoslarga va tamoyillarga binoan amalga oshiriladi va tartibga solinadi.
|