AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHDA TIJORAT BANKLARINING
ROLI.
Reja.
Kirish.
1. Tijorat banklari haqida tushuncha va uning aholi farovonligini oshirishdagi
ahamiyati.
2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarining zamonaviy
xizmatlarini maqsadi va vazifalari
3 . Tijorat banklarining aholiga koʻrsatadigan zamonaviy xizmatlari.
4. Tijorat banklarining aholi farovonligi uchun koʻrsatadigan zamonaviy
xizmatlarini takomillashtirish yoʻllari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Hozirda mamlakatimizda jadal ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar kechmoqda. Har bir
sohada jumladan iqtisodiyot va uning “lokomotivi” bo‘lgan bank tizimi sohasida ham
xalqaro andozalarga mos, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan o‘tgan
yangi
islohotlarni tadbiq etish birlamchi maqsad qilib belgilangan.
Albatta, iqtisodiyotning rivojlanishi uning o‘sish sur’atlari bevosita bank tizimi
rivojiga, uning xizmatlar ko‘lamining kengayishiga to‘g‘ri bog‘liqlikda kechadi. Zero,
prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va bunda aynan bank tizimini isloh
qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash,
banklarning kapitallashuv
darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini
mustahkamlash, istiqbolli investitisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish keyingi besh yillikda amalga
oshiriladigan asosiy vazifalardan biri qilib belgilanganligi ham bejiz emas. Aynan mana
shu strategik maqsadlarga erishish yo‘lida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-
yil 2-sentabrda PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi
navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 12-sentabrda PQ-3270-sonli
“Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqaroroligini
oshirish chora
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
1
, 13-sentabrda esa PQ-3272-sonli “Pul kredit siyosatini
yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi yana bir qarorlari qabul qilindi.
Bu qaror va farmonlarning ijrosi o‘laroq mamlakatimizda erkin xorijiy valyuta
konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi, banklardan ularning vazifasiga kirmagan lekin ularni
qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi,
fiskal va monetar siyosat
uyg‘unlashtirilib inflatsion targetlash amaliyotga joriy etildi. Albatta, bularning
barchasi
bank
tizimi
va
iqtisodiyot
rivoji
yo‘lidadir.
So‘ngi yillarda respublikamiz bank tizimi, yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanmoqda.
Xususan tijorat banklari jami aktivlari so‘ngi 5 yilda qariyb 5 baravar oshib 2017 yil
so‘ngida 166 trln 632 mln so‘mga yetdi va yiliga o‘rtacha 35% ga o‘sib kelmoqda.
Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil sayin kengayib,
aktivlarga monand
ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda
110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5
yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini qayd etib kelmoqda.
2
Albatta, bundan
banklarimizning kreditlash amaliyotining jadallik bilan salomoq jihatdan kengayib
borayotganini ko‘rish mumkin. Ammo bu sohada yuksalishlar
bilan bir qatorda
kamchiliklar ham yo‘q emas. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda:
“Mamlakatimiz bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati
samaradorligini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda
ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda
qolmoqda”. Mamlakatimizda iqtisodiyotning kreditlar bilan ta’minlanganligi, yani
iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi Jahon
banki tavsiya etgan eng kam me’yor – 60% dan ancha pastligi, (2016 yilgacha 26% dan
oshmagan 2017-yilda esa amalga oshirilgan devalvatsiya
natijasida xorijiy valutada
berilgan kreditlarning so‘mdagi qiymati 2 barobar ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi),
tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash shakllari: forfeyting, faktoring,
kontokorrent, overdraft, kredit
kartalari orqali kreditlash, kabilardan foydalanish
amaliyotining rivojlanmaganligi kabi holatlar bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir.
Aynan mana shu holatlar bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat
beradi.