27
4. Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni istar
edingiz?
5. O‘rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila
olasiz?
6. Kursdoshlaringiz ichida kim bilan
mashg‘ulotlarga
birgalikda
tayyorlanishni yoqtirasiz?
7. Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?
Sotsiometriya metodi.
Bu tadqiqot metodiga AQSHlik
Djon Moreno asos solgan bo‘lib,
kichik
(birlamchi) guruh a’zolari o‘rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita
o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Mazkur metod yordamida
muayyan guruhdagi har
bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning
faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar
matritsa,
grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor
ko‘rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni
yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning
tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda
psixolog olimlar YAL.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning
kichik guruhlar psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan variantlari, ko‘rinishlari ishlab
chiqilganki, ular orqali shaxslarning bir-birini tanlashi
motivlarini aniqlash
mumkin.
Ayniqsa
sotsiometriyaning
YAL.Kolominskiy
ishlab
chiqqan
o‘zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida
to‘la axborot berishga yordam beradi.
Odatda o‘quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen
sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Mashg‘ulotlarga kim bilan birga
tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqtirasan?»
sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma’qul» deb tanlashi lozim. Unga
avval, hammadan ko‘ra ko‘proq kim bilan birga bo‘lishni xohlasang, o‘shaning
familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to‘g‘ri kelmasa, yana kim bilan birga
28
bo‘lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi
shaxsning familiyasini yoz» deb uqtirish maqsadga muvofiq.
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta «maydon»ga
ajratiladi.
Qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi.
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g‘ri keladi. Guruh a’zolarining
o‘zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog‘langanida o‘z
ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi doiraning
markazidan o‘rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. Shaxslar
bilan aloqa o‘rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi
«maydon»larga o‘rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi.
Shu yo‘l bilan birinchidan shaxslararo munosabatning darajasi va ko‘lami aniqlanadi,
ikkinchidan qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar taqqoslanadi.
Natijalariga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o‘ziga xosligi, psixologik
mexanizmlari,
barqarorligi, puxtaligi, o‘zaro bir-birini taqozo
etuvchanligi haqida
xulosalar chiqariladi.
Shu bilan birga, nazariy va metodologik ahamiyatga molik
g‘oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi,
aniq tavsiyalar
bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to‘g‘risida mulohazalar yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: