Kasbiy psixologiya


ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega  bo‘lavermaydi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

 
ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega 
bo‘lavermaydi.
 
Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini 
bajaruvchi to‘g‘ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish kerak.
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o‘tamiz. 
1. Kursingizda eng yuqori obro‘ga ega bo‘lgan talaba qaysi? 
2. Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr, his-tuyg‘usini uyg‘ota 
oladi? 
3. O‘qish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni 
xohlar edingiz? 


27 
4. Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni istar 
edingiz? 
5. O‘rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila 
olasiz? 
6. Kursdoshlaringiz ichida kim bilan 
mashg‘ulotlarga 
birgalikda 
tayyorlanishni yoqtirasiz? 
7. Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz? 
Sotsiometriya metodi. 
Bu tadqiqot metodiga AQSHlik
 
Djon Moreno asos solgan bo‘lib, kichik 
(birlamchi) guruh a’zolari o‘rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita 
o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Mazkur metod yordamida 
muayyan guruhdagi har
 
bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning 
faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, 
grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor 
ko‘rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni 
yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning 
tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda 
psixolog olimlar YAL.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning 
kichik guruhlar psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan variantlari, ko‘rinishlari ishlab 
chiqilganki, ular orqali shaxslarning bir-birini tanlashi motivlarini aniqlash 
mumkin. 
Ayniqsa 
sotsiometriyaning 
YAL.Kolominskiy 
ishlab 
chiqqan 
o‘zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida 
to‘la axborot berishga yordam beradi.
Odatda o‘quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen 
sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Mashg‘ulotlarga kim bilan birga 
tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqtirasan?» 
sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma’qul» deb tanlashi lozim. Unga 
avval, hammadan ko‘ra ko‘proq kim bilan birga bo‘lishni xohlasang, o‘shaning 
familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to‘g‘ri kelmasa, yana kim bilan birga 


28 
bo‘lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi 
shaxsning familiyasini yoz» deb uqtirish maqsadga muvofiq. 
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta «maydon»ga 
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. 
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g‘ri keladi. Guruh a’zolarining 
o‘zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog‘langanida o‘z 
ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi doiraning 
markazidan o‘rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. Shaxslar 
bilan aloqa o‘rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi 
«maydon»larga o‘rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. 
Shu yo‘l bilan birinchidan shaxslararo munosabatning darajasi va ko‘lami aniqlanadi, 
ikkinchidan qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar taqqoslanadi. 
Natijalariga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o‘ziga xosligi, psixologik 
mexanizmlari, barqarorligi, puxtaligi, o‘zaro bir-birini taqozo
 
etuvchanligi haqida 
xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga, nazariy va metodologik ahamiyatga molik 
g‘oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar 
bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to‘g‘risida mulohazalar yuritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin