Kasbiy psixologiya


-Mavzu: Kasblar va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

 
2-Mavzu: Kasblar va ularning klassifikatsiyasi 
REJA: 
1.
Kasb tanlashning umumiy masalalari 
2.
Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar 


31 
3.
Kasblar va ularning ko‘rinishlari 
Kasb tanlashning umumiy masalalari 
Kasb - hunar to‘g‘risida har xil munosabatlar hosil bo‘lishining asosiy 
sabablaridan biri - bu maktab o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli xil 
motivlarning namoyon bo‘lishidir. Motivlar o‘rtasidagi kurash ularning u yoki bu 
qarorga kelishlariga sabab bo‘ladi. Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo‘lish 
ob’yektiv va qat’iy qarorni keltirib chiqaradi. 
V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchrashi mumkin bo‘lgan 
motivlardan 
quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi: 1) biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning 
qiziqishi, 2) vatanga foyda keltirish istagi (o‘zlarining individual - psixologik 
xususiyati va qobiliyatlarini hisobga olgan holda), 3) shaxsiy qobiliyatini ro‘kach 
qilib ko‘rsatish, 4) oilaviy an’analarga rioya qilishi (vorislik), 5) do‘stlari va 
o‘rtoqlaridan o‘rnak olganligi, 6) ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi, 7) 
moddiy ta’minlanganlik, 8) o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga 
joylashishning osonligi singari motivlardir. 
Bundan tashqari, yoshlarda boshqa turdagi motivlar ham mavjud bo‘ladi. Ular 
qatoriga shaxsning biror kasbga,
 
fanga moyilligi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, unga 
intilishi, qunti, kasb to‘g‘risidagi ma’lumoti, uning sixat - salomatligi, asab tizimi va 
temperamentining xususiyatlari kabi motivlarni sanab o‘tish mumkin. Biroq 
motivlarning boshqa xillari ham uchraydi. Lekin holatning o‘zgarishiga qarab ulardan 
unisi yoki bunisi bosh maqsadga aylanib turadi.
Mazkur holatni tadqiq etgan yirik psixolog E.A.Klimov o‘spirinlar kasb tanlash 
kezida birinchidan, biror kasbning «nufuzli ekanligiga» baho berishdagi dogmalarga 
asoslanish, ikkinchidan, kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish
uchinchidan, biror kasb egasi bo‘lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy 
munosabatda bo‘lishni tegishli kasbga ko‘chirish, to‘rtinchidan, kasbning oddiy 
kundalik tomonini nazar - pisand qilmasdan, uning tashqi tomoniga, sirtiga mahliyo 
bo‘lish, beshinchidan, o‘rtoqlarining ta’siri ostida «kompaniya uchun» kasb tanlash 
kabi xatoliklarga duch kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tadi. 


32 
O‘spirinlar kasb tanlash to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lmaganliklari 
boisidan ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo‘lgan 
kasb undan qanday shaxs fazilatlarini talab qilishini tushunib yetmaydilar. Ular o‘z 
layoqatlarini oqilona baholashga qurbi yetmaganligi uchun u yoki bu kasbni 
egallaganda qanday tezlikda va aniqlikda harakat qilishni, sezish va idrok qilish 
xususiyatlarni, asab tizimini muvofiqlashishi mumkinligini bilmaydilar. Shuning 
uchun yuqorida bayon qilib o‘tilgan hatolarga yo‘l qo‘yadilar. Biroq hozirgi davrda 
bunday ko‘ngilsiz xolatlarning oldini olish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun 
quyidagi pedagogik - psixologik va ijtimoiy xususiyatli umumiy tomonlarga 
alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. 
1.
Kasblarni o‘rganish metodlarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va 
lo‘nda qilib ifodalash. 
2.
O‘qituvchining kasb maorifi yuzasidan tashviqot ishlari olib borish, 
o‘quvchilar bilan kasbga doir individual maslahatlar uyushtirish, o‘spirin va 
uning ota-onasi bilan kasbga yo‘naltirish metodikasini birgalikda ko‘zdan 
kechirish. 
3.
O‘spirinlarni kasbning asosiy guruhlari, turlari bilan yaqindan 
tanishtirish; muayyan kasb oldiga qo‘yiladigan shaxsning fiziologik, psixologik 
fazilatlari hamda kasb o‘rganishning yo‘llari bilan tanishtirishni tashkil qilish. 
4.
Mehnat 
ta’limi darslarida o‘quvchilarda dastlabki kasbiy 
tayyorgarlikni yuzaga keltirish va unga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish. 
5.
Psixodiagnostik va kasb tanlashga doir metodlarni amaliyotga tadbiq 
qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish. 
6.
Tuman va shaharlarda zamon talabiga javob beradigan kasb tanlash 
markazlarini jihozlash. 
7. Kasb tanlashni tashviqot qilish yuzasidan o‘spirinlarni ommaviy axborot 
vositasiga jalb qilish va ularni psixologik jihatdan tayyorlash kabilar. 
Hozirgi davrda tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasb 
tanlashning metod va metodikalari ishlab chiqilgan. Kasblarning xususiyatlariga 
qarab tasniflash va ularni ma’lum tartibga solib, tizimli ravishda tavsiflashga 


33 
erishilgan. Ayniqsa, E.A.Klimovning yaratgan sxemasi bu o‘rinda alohida 
ahamiyat kasb etadi. U quyidagi kasb turlarini tavsiya qiladi: 
1. Polizchi, chorvador, asalarichi, zootexnik, agronom, o‘rmon barpo etuvchi 
- bionik mutaxassisligi “inson - tabiat». 
2. Slesar, tokar, montyor, konstruktor, radiotexnik, injener - texnika 
mutaxassisligi «inson - texnika». 
3. Ofitsiant, sotuvchi, hamshira, o‘qituvchi, tarbiyachi, muhandis tashkilotchi 
– sotsionomik mutaxassisligi «inson - inson». 
4. Bo‘yoqchi, nusxa ko‘chiruvchi, musiqachi, badiiy bezovchi yoki 
pardozlovchi, kompozitor, yozuvchi rassom - artonomik mutaxassisligi «inson - 
badiiy obraz». 
E.A.Klimov insonning tabiat bilan munosabatga kirishishga moslashgan 
kasblarni bionik mutaxassisligi, insonning texnika bilan munosabatda bo‘lishi 
natijasida yuzaga keluvchi kasblarni texnika mutaxassisligi, insonning inson bilan 
muomalasi orqali vujudga kelgan kasb - hunarlarni sotsionomik mutaxassisligi va 
nihoyat insonni badiiy obrazlar yaratishga undovchi kasblarni artonomik 
mutaxassisligi deb ataydi. 
Oddiyroq tilda ifodalaganda: a) insonni tabiatga xizmat qildirishga 
mo‘ljallangan kasblar; b) insonni texnikaga xizmat qildiruvchi kasblar; v) insonni 
inson xizmatiga moslashtirilgan kasblar; g) insonni badiiy obrazlar ustida 
ishlashga undovchi kasblar singari turlarga ajratish mumkin. Lekin mazkur 
kasblar tasnifi mavjud barcha kasblarni birma -
 
bir sanab o‘tishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘ymaganligi sababli, ularning ko‘pchiligi o‘z ifodasini topmagan. 
Kasb tanlashga yo‘llanma berish va uni tashviqot qilishning usullaridan biri 
- ko‘rgazmali vositalar, fotostendlar, kitoblar ko‘rgazmasi, yosh rassom va 
tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulotini namoyish qilish, naqqoshlar 
ijodiy faoliyatining mahsulotini namoyish qilish, naqqoshlar va texnika to‘garagi 
ishlarini ko‘rgazmalarga qo‘yishdir. Bundan tashqari, muzeylarga ekskursiyalar 
uyushtirish orqali u yoki bu kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish mumkin. 


34 
O‘spirinlarda hosil bo‘ladigan praksik (lazzatlanish, rohatlanish) hislar kasbga 
mehrini oshiradi va unga nisbatan mustahkamlaydi. 
Psixolog M.G.Davletshin kasb tanlashni uch bosqichdan kelib chiqqan 
holda (kasb maorifi, kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish) shaxsning kasb - 
hunarga yaroqliligi (layoqati)ning ichki tomonlarini ochishga harakat qiladi:
a) kadr tanlash davrida shaxsning umumiy yaroqliligi (layoqati);
b) kasb- hunar tanlashda uning qaysi kasb turiga loyiqligi;
v) kasbga o‘rgatishda shaxs sifatlarini shakllantirish imkoniyatining 
mavjudligi haqidagi savollarga javob olishga intiladi.
Muallifning fikricha, o‘spirinning kasbga yaroqliligini aniqlaganda uch 
muhim narsaga etibor qilish maqsadga muvofiqdir: kasbga munosabat, qobiliyat, 
qo‘nikma va malakalar. Odamning kasbga yaroqliligini aniqlashda uning 
qiziqishi, irodasi, qobiliyati, maxsus bilimi, ko‘nikmalarining jips aloqasini 
ifodalagan holda olib qarash oqilona yo‘ldir. 
Yuritilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, kasb - hunar to‘g‘risida 
axborot, kasb haqida maslahat vositalari ongli kasb tanlash uchun yetarli emas. 
Shuning uchun o‘spirin o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularni 
mustaqil bilim olishga o‘rgatish kasb tanlashda o‘z kuchini muayyan faoliyatda 
sinab ko‘rishga imkoniyat yaratadi. Lekin bu bilan kifoyalanish, qanoat hosil 
qilish shart emas, balki boshqa yo‘l va vositalarni qidirish, izlash darkor. 
Mehnat psixologiyasi namoyondalari kasb tanlashning o‘zgacha usullarini 
tavsiya qilmoqdalar. Jumladan, barcha fanlarni o‘qitishda politexnik xususiyati va 
xossasini chuqurlashtirish; tabiiy - matematik sohadagi fanlarda atrofdagi ishlab 
chiqarishdan ob’yekt sifatida foydalanish; ijtimoiy turkumdagi fanlarni o‘qitishda 
o‘lkashunoslik materiallarini qo‘llagan holda faoliyat uyushtirish, o‘quvchilarning 
kasbga nisbatan qiziqishini orttirish va mehnat qilishga ularni axloqan tayyorlash; 
fan asoslarini egallashda kasb haqida axborotlar berib borish; mehnat sohalari 
to‘g‘risida kasb tanlovchiga mustaqil tanishish sharoitini yaratishdir. 
O‘quvchilarni professiogramma bilan tanishtirishda bosh maqsad quyidagi 
tarkibiy qismlarni, jihatlarni o‘z ichiga qamrab oladi:


35 
a) asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr - 
xayoli - xuddi shu qurollarga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
b) asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni 
amalga oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish 
mumkin ekanligini bilish; ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalarning rolini 
to‘g‘ri tasavvur qila olish; operatsiyalarning yangi variantlarini qidirish va kashf 
qilish uchun harakat qilish;
v) asosiy qurollar va vositalar: qo‘l aslahalaridan - slesar, jarrox, 
skripkachi, g‘ijjakchi, kamon otuvchi kabi kasb egalari foydalanadi;
g) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini o‘rab turgan tabiiy muhit va 
sharoitlar, kishilar va hokazo. 
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda o‘spirinlarning qiziqishi, 
mayli, ehtiyoji, iqtidori, malakasini hisobga olgan holda to‘g‘ri yo‘naltirish 
mamlakat taraqqiyoti uchun puxta zamin hozirlaydi. Bu haqda “Kadrlar 
tayyorlashning milliy dasturi»da ibratli fikrlar bildirilgan. Kasb tanlash jarayoni 
ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) 
shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual 
munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins 
xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda 
birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va 
qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yo‘llanma, 
ko‘rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o‘ziga xos talablarni 
taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi ham turlicha yondashuvni talab qiladi, 
binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bo‘lmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin