Kasbiy psixologiya


Biografiya (tarjimai hol) metodi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Biografiya (tarjimai hol) metodi 
Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, 
ijodiyoti to‘g‘risida og‘zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, 
kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. 
Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai holga aloqador 
materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, 
hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbexlar ham o‘rganilayotgan 
shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi 
hujjati ham bolaning tug‘ilganidan to boshlang‘ich ma’lumot olgunicha bo‘lgan 
davr oralig‘ida salomatlik darajasi qanday bo‘lganligi to‘g‘risidagi omillar bilan 
tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. 
Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida 
o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, 
masalan, ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: musiqa, nafosat, tasviriy san’at, 
texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, 
iqtidor, iste’dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon 
bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar 


26 
bildirgan mulohazalarida, asarlarida o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu - tavsiflari orqali 
avloddan - avlodga o‘tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan 
avlodlar o‘rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va 
ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning
 
uyg‘unligini ta’minlaydi. 
Anketa metodi 
Umumiy psixologiyada keng qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, unda 
odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari 
o‘rganiladi. 
Anketa odatda 3 xil bo‘lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni 
aniqlashga mo‘ljallangan savollardan iborat bo‘ladi, ikkinchi xilida esa faqat 
bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar 
ham beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga havola qilinganda kamida to‘rt- 
besh to‘g‘ri javoblar ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning 
layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga 
katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa 
orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib 
baholash mumkin. 
Tarqatilgan anketalar yig‘ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga 
muvofiqlashtirib, atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson 
psixikasining ayrim tomonlarini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini 
beradi, lekin unda olinadigan

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin