7
- davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror
topganligi;
- milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z Vatani uchun
iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy, madaniy - tarixiy an’analarga
va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
- O‘zbekistonning jahon jamiyatiga integratsiyasi, respublikamizning
jahondagi mavqei va obro‘ - e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
Quyidagi kasb psixologiyasiga oid ilmiy - amaliy hususiyatli materiallar,
mulohazalar, tavsiyalar bosqichma - bosqich bayon qilinadi. Mavzular bir necha
qismlarga ajratilgan holda uzviylik, izchillik, mantiqiylik tamoyillariga
(prinsiplariga) rioya qilingan tarzda berildi.“Ilm va hunar o‘rganish inson uchun
eng zarur narsalardan hisoblanadi. Har qanday narsani mohiyatini anglash,
jahondagi voqealarning yaxshi - yomon tomonini bilib olish, odamlarning qadru -
qimmatini to‘g‘ri tushunish, oilaning farovon yashashini to‘g‘ri tashkil etish,
qisqasi har tomonlama mukammal bo‘lish uchun ilm va hunar o‘rganish zaruriy
ehtiyojlardan biridir” deb uqtirgan allomalarimizdan Faxrulbanot Sulaymoniy.
Dostları ilə paylaş: