Kasbiy psixologiya


Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi.
Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining 
xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan 
o‘yinchoqlar, modellar, to‘qigan narsalar, tikkan qo‘g‘irchoqlar, to‘qib, so‘zlab 
berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil 
qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy 
xayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur metodda ijod 
mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan 
tekshiruvchi o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida 
sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o‘qituvchi, murabbiy, 
psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat 
mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilan keskin tafovut 


29 
qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va 
kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to‘g‘risida malumotlar to‘plash mumkin. 
Faoliyat mahsulotlarini o‘rganish inson ruhiyatini o‘rganish metodlari ichida 
o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, inson ruhiyatini o‘rganish 
yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo‘shimcha metodlardan 
ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo‘llanilayotgan har bir metodning o‘ziga xos 
ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. Shu 
bois konkret shaxs ruhiyatini o‘rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan 
kifoyalanib qolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, 
ob’yektivlik, tekshiruvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa 
tamoyillarga suyanish darkor. Shundagina shaxs haqida batafsil ma’lumotlarga ega 
bo‘lishimiz mumkin.
“Har qanday yog‘ochdan san’at asarini yaratib bo‘lmaydi” - Pifagor. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin