Kasbiy psixologiya


Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omilar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omilar 
Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omilar mohiyati quyidagilarda o‘z 
ifodasini topadi: 
1) Ta’lim - tarbiya tizimida kasbga yo‘llash faoliyatining (tadbir va 
choralarning) mazmuni va metodikalari majmuasi mukammal ravishda 
mujassamlashganligi. 


36 
Maktab (qaysi turdaligidan qat’iy nazar) ma’muriyati, sinf rahbarlari, amaliy 
psixolog va kasbga yo‘llovchi fan o‘qituvchilarining ish rejasida mazkur masala 
joy olganligi. Shuningdek, bu muammoga taalluqli ishlar, tadbirlar izchil amalga 
oshirilib turilishi, ularning ta’sirchanligiga e’tiborning ortishi tufayli o‘quvchi 
yoshlar orasida bu sohada tasavvur ko‘lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan 
chekinib, umumiy va zaruriy masala sifatida qabul qilinishi uning qiymatini 
ko‘taradi. 
2) O‘quvchilarni kasb tanlashga o‘rgatishda o‘qituvchilar jamoasi faoliyati 
hamkorligi va samaradorligi. 
Alohida olingan fan o‘qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari 
jamlanmasi hamkorlik ish rejasida kasbga yo‘llash masalasining izchil ravishda 
qo‘yilishi, har bir mavzu bo‘yicha mulohaza almashishda, qaysi fan bo‘lishidan 
qat’iy nazar ixtisosga oid bilimlarga e’tibor berilishi kasbiy tasavvurni vujudga 
keltiradi. Kasb-hunar mohiyati bilan tanishish unga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, 
mustaqil bilim olishga ishtiyoq paydo bo‘ladi va odat maromiga aylana boradi. 
Maxsus tadbirlar o‘tkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motivlar va 
motivatsiyalarni takomillashtiradi, moyillik tuyg‘usini uyg‘otadi. 
3) Sinf rahbarining ota - onalar bilan hamkorligi ongli kasb tanlash negizi 
ekanligi. 
Sinf rahbari ota - onalar bilan individual va guruhli hamkorlikni amalga 
oshirishda quyidagilarga e’tibor qilsa, yuqori ko‘rsatkichga erishish mumkin: 
o‘quv fanining kasb tanlash bilan bog‘liqligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning 
psixologik asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, havas, qobiliyat, iste’dod, kasbga 
yo‘llashning asosiy maqsad va vazifalari, professiogramma (professografiya) 
mohiyati, kadrlarga va mutaxassislarga nisbatan ehtiyoj darajalari, kasbning 
ijtimoiy ahamiyati, layoqatining umumiy va xususiy ko‘rinishlari, o‘quvchilarning 
individual xususiyatlari, kasb tanlashning ilmiy manbalari, maktab psixologining 
bu sohadagi funksiyasi va boshqalar. 
4) Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.


37 
Yoshlar 
tashkiloti 
faoliyatida 
kasb 
tanlash 
masalasining 
ustuvorligi, 
o‘quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste’dodlarning saralanishi, 
mukofotga tortilishi, moddiy va ma’naviy taqdirlanishi kabilar. 
5) Sinf va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb 
tanlashning alohida ajratilib ko‘rsatilishi. 
6) Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlariga tashriflarni ommaviy va 
keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilishi. 
7) Maxsus muassasalar faoliyati. 
8) Kasbga oid ko‘rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi. 
9) Ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi. 
10) Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniyening ishtiroki. 
Kasbga yo‘llash umumdavlat ahamiyatga ega muammo hisoblanib, uni 
bosqichma - bosqich amalga oshirish «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da 
alohida o‘rin egallaydi. Yuqorida kasb tanlashga yo‘llash omillari faoliyatini 
hamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari yetaklaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin