63
o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu - quvonchlar
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi
munosabatlar tajribasi ortgan sari umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar
paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan»
ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday
muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalar - bir-biridan charchash, gapiradigan
gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi
munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning
barcha a’zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin (ona-
bola, qaynona-kelin va hokazo).
O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan asosiy
maqsadlari - o‘zaro til topishish, bir - birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi,
betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil
o‘ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan
bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan,
tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay qolgan do‘stingizni ko‘rib qoldingaz. Siz undan
hol-ahvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab,
gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta
o‘sha odam bilan iloji boricha rasman salom-alikni bajo keltarib, o‘tib ketaveradigan
bo‘lardingiz. Ya’ni, muloqot faoliyati shunday shart - sharoitki, unda har bir shaxsning
individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va
shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi. Amerikalik olim Uolter
Lippman har bir inson qalbining o‘ziga xosligi va buning muloqotda namoyon bo‘lishiga
ishora qilib shunday yozgan edi: «Hamma bir xil fikr yuritgan yerda, hech kim ko‘p
o‘ylamaydi», yani, odamlarning muloqotga intilishlarining asosida yotgan birlamchi
motiv ham aynan suhbatlar mobaynida turlicha qarashlarga ega bo‘lish, o‘z fikrlarini
takomillashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: