Tayanch so‘z va iboralar: Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish
xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoliyat
bilan birlashgan odamlar guruhi.
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i
bo‘lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot -
faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni.
Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo‘lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar,
mehnat natijalari hamda mehnat sub’ektini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
majmui.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi
sabab.
Motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining
avtomatlashgan usullari.
Mehnat_psixologiyasi'>Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini,
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadigan fan.
Mehnat faoliyati psixologiyasi – bu psixologiyaning bir sohasi bo‘lib,
inson shaxsini mehnat sub’ekti sifatidagi shakllanishi xususiyatlarini, mehnatning
shart-sharoitlari, yo‘llari va usullarini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga
qaratilgan maqsadli faoliyat.
Professiogramma - kasbning turli ob’yektiv xarakteristikalarining tasnifi.
Psixogramma - faoliyatning psixologik xarakteristikalarining tasnifi.