Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Sangvinik
- juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi, yolg‘on 
dalillarga jahli chiqadi. Ob’yektlar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo - 
ishorani ko‘p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda 


58 
sezgir bo‘lishiga qaramay kuchsiz ta’sir (qo‘zg‘atuvchilar)ni seza olmaydi, 
serg‘ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, 
imtizomli, o‘zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti - harakati jo‘shqin, nutq sur’ati 
tez, yangilikni tez payqaydi, aql - idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, 
intilishlari o‘zgaruvchan. Ko‘nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko‘ngli ochiq, 
dilkash, muloqotga (muomalaga) tez kirishadi. Xayoloti (fantaziyasi) yuksak 
darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga hozirjavob va hokazo. 
Xolerik
- sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va reaktiv. Ko‘pincha 
reaktivligi faolligidan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinimsiz. Sangvinikka 
qaraganda silliqroq, ammo ko‘proq qotib qolgan. Qiziqishlari, intilishlari 
barqaror, xatti - harakatida qat’iylik mavjud. Biroq diqqatini bir ob’yektga 
to‘plashda qiynaladi. Nutq sur’ati tez va hokazo. 
Flegmatik
- senzitivligi sust. His - tuyg‘usi ham o‘zgaruvchan, shunga 
ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. 
Ko‘ngilsiz hodisa, xavf - xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda 
bo‘ladi. Vazmin, kam harakat. Imo - ishoralari, mimikasi ko‘zga yaqqol 
tashlanadi. Lekin serg‘ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat 
sur’ati sust. Farosati qiyiqroq. Diqqatni to‘plash sekin. Qotib qolgan (regid). 
Diqqatni ko‘chirishi qiyin. Intravertlashgan. Ichdan top. Yangilikni qabul qilishi 
qiyin. Tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob beradi. 
Melanxolik
- senzitivligi yuksak. Sezgi chegarasi keng emas. Arazchan, 
xafaqon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Sustkash. Tortinchoq, g‘ayratsiz. 
Qat’iyligi va mustaqilligi kam. Tez toliqadi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati 
beqaror. His - tuyg‘usi sust o‘zgaradi. Qotib qolgan. Intravertlashgan. 
Temperament tiplari xususiyatlarini faoliyat talablariga moslashtirish 
mumkin, buning uchun: 
1. Kasb - hunarning talabalar temperamentiga mos keladigan turini tanlash 
kerak. Shaxsning psixik xususiyatlariga mos tushadigan kasbni tanlash kasbiy 
saralash deb yuritiladi; 
2. Talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish lozim; 


59 
3. Temperamentga xos kamchiliklarni (illatlarni) bartaraf etish kerak. 
Demak, shaxsni qaytadan shakllantirish yo‘li bilan temperamentni faoliyat 
talablariga qisman moslashtirish mumkin;
4. Individual uslubni shakllantirish zarur. Talabaning faoliyatga ongli, faol 
va ijodiy munosabatda bo‘lish buning uchun eng zarur shartdir. 
Shaxsning hulq – atvor xususiyatlari uni faoliyatiga undovchi asosiy omil 
hisoblanadi. 
Psixologiya fani shaxsning fe’l - atvori xususiyatlarini to‘rt guruhga ajratib 
o‘rganadi: 
1.
Jamoa va alohida shaxsga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi fazilatlar: 
yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, faxrlanish va boshqalar; 
2.
Mehnatga 
nisbatan 
munosabatni 
bildiruvchi 
xususiyatlar: 
mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mas’ulyatlilik va hokazo; 
3.
Narsalarga nisbatan munosabatni anglatuvchi sifatlar: ozodalik, 
sarishtalik, avaylash va shu kabilar; 
4.
O‘z-o‘ziga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: izzat nafslilik, 
kerilishlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik va hokazo. 
Xulq-atvor xususiyatlarning shakllanishida o‘qish va mehnat faoliyatli 
yetakchi rol o‘ynaydi, chunki o‘qish va mehnat jarayonida qo‘llaniladigan 
individual usullar xulq - atvorga ta’sir etib, uning ayrim xususiyatlarini keltirib 
chiqaradi. Ko‘pgina xususiyatlar o‘zgaga taqlid qilish natijasida ham paydo 
bo‘ladi. Xulq - atvorga janjalli (nizoli) vaziyatlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Inson 
umrining oxirigacha o‘z xatgi - harakatlarini boshqarib, xulq atvorini o‘zi 
barqarorlashtirgan bo‘lsa, kasb-hunar tanlashga shunchalik oqilona va qat’iyatlik 
bilan yondoshadi. 
Talaba va o‘quvchilar qobiliyati, layoqati ta’lim jarayonida va mehnat 
faoliyatida tobora rivojlanadi. Qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichiga talant, 
iste’dod deyiladi. Iste’dod murakkab ishni (faoliyat) muvaffaqiyatli, mustaqil va 
mohirona bajarishga (amalga oshirishga) imkon beradigan qobiliyatlar tizimidir 
(biologik shartlangan xislatlardan bittasidir). 


60 
O‘spirinlarning qanchalik iste’dodli ekanligini aniqlash uchun ushbu 
xususiyatlarga e’tibor berish lozim:
1.
Shaxsning ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, tayyorligi; 
2.
Shaxsning mehnatga moyilligi, unga ehtiyoj sezishi; 
3.
Mantiqiy fikr yuritish tezligi, ishchanligi, samaradorligi, tashabbuskorligi 
va boshqalar. 
Shaxsiy xususiyat va qobiliyatlar tug‘ma bo‘lmaydi (tabiiy alomatlari, 
moyilligi mavjuddir), balki ijtimoiy, shaxsiy hayot va faoliyat jarayonida muayyan 
omillar, manbalar ta’siri ostida tarkib topadi. Lekin layoqatlilik qobiliyatining 
tabiiy zamiri ekanligi shubhasizdir. U qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy 
sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Unda miya tuzilishi, sezgi a’zolari va 
harakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlari layoqatga nisbatan 
beriladi. 
Yoshlarni kasbga yo‘llashda ularning his-tuyg‘ulari va irodalarini hisobga 
olishning ham ahamiyati qiymatli, chunki talabalarning (o‘quvchilarning) his - 
tuyg‘usi, kayfiyati, stress va ob’yektiv holatlari o‘rganilmasa va e’tiborga 
olinmasa, ko‘zlangan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»dagi ustuvor 
maqsadga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun iste’dodli yoshlarni tanlash, ularni 
individual o‘qitish, zarur shart-sharoitlar yaratish, reyting va modul tizimlari 
asosida ularga saboq berish ta’limning davlat standartlari talabiga javob beradigan 
komil insonlikka intiluvchi shaxslarni kamol toptirish kafolatidir. 
Shunday qilib, kasbga yo‘llash jarayonida shaxsning individual - tipologik 
xususiyatlari va his - tuyg‘ulari, layoqat, iste’dodini hisobga olish, shuningdek, 
yoshlarni fan asoslari va psixologik bilimlar bilan qurollantirish ularning kasb-
hunar, ixtisoslik, mutaxassislik oldiga qo‘yiladigan psixografik, professiogrammali 
talablarga moslashishga imkon beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin