Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Professiografiya haqida ma’lumot bering?
2.
Professiogramma professiografiyaning natijasi sifatida namoyon
bo‘lishi?
3.
Kasb tanlashga ko‘yiladigan umumiy masalalar nimalardan iborat?
4.
E.A.Klimov ta’limoti “Insonning tabiat bilan aloqasi, munosabati”
to‘g‘rasidagi tushuncha haqida ma’lumot bering?
4-mavzu. Shaxs psixologiyasi va uni kasbga yo‘llash
Reja
1.
Kasb va shaxs psixologiyasi haqida tushuncha
2.
Shaxsiy fazilatlarning kasb tanlashdagi roli
3.
Shaxsni kasbga yo‘llashda uning olamni idrok qilish imkoniyatlari.
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari muayyan yondashuvlar negizida
tadqiq etilgan. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif
berilgan va uning tuzilishini o‘ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. Muayyan jamoa
a’zosi, jismoniy, jinsiy, ijtimoiy kamolotga erishgan, biologik va ijtimoiy
shartlangan xislatlar egasi, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi, bilishga
intiluvchi, faoliyat, xulq, muomala sub’yekti shaxs deyiladi. Quyida ayrim
psixologlar talqiniga to‘xtalib o‘tamiz.
A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs bu ijtimoiy munosabatlarning ham
ob’yekti, ham sub’yektidir.
Yirik rus psixologi A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib,
unga shunday ta’rif beradi:
shaxs
- bu faoliyat sub’yektidir. K.K.Platonovning
talqiniga binoan, jamiyatda o‘z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi,
shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan
51
S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs - bu tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi
ichki shart - sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir - biriga yaqin, lekin aynan bir bo‘lmagan
tushunchalar qo‘llanilib kelinadi: odam, shaxs, individuallik.
Ularning mohiyatini
aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini
tahlil qilish
maqsadga muvofiq.
1. Odam. Sut emizuvchilar sinfiga daxldor bo‘lib, biologik jonzot ekanligi
uning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga
moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga
kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong
bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z
qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniyatiga ham
egadir.
2.
Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda
rivojlanuvchi, til yordami bilan boshqa kishilar bilan muloqot (muomala)ga
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi
hisoblanadi.
3.
Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga
keltiradi. Individual xislatlar shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy
sohalarida namoyon bo‘ladi.
S L. Rubinshteyn nazariyasi bo‘yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo‘nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi.
2. Bilimlar - hayot va faoliyatda ko‘nikmalar, malakalar jarayonida
egallanadi.
3. Individual - temperament, tipologik xususiyatlar, xarakter, qobiliyatlar aks
etadi.
K.K.Platonov ta’limotiga ko‘ra, shaxs tuzilshi quyidagi shaklga ega:
52
I. Yo‘nalganlik ong osti tuzilishi – shaxsning ahloqiy qiyofasi va
munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam
(hajm) darajalarini farqlash lozim.
II. Ijtimoiy tajriba ong osti tuzilishi - ta’lim vositasi, shaxsiy tajribada
egallangan bilim, malaka, ko‘nikma va odatlarni qamrab oladi.
III. Psixologik aks ettirish shakllari ong osti tuzilishi - ijtimoiy turmush
jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
IV. Biologik shartlangan ong osti tuzilishi - Miya morfologik va fiziologik
xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni,
shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xossalarini birlashtiradi.
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1. Yo‘nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga
o‘zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar,
qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik
faoliyatini belgilaydi.
2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi
tizim. O‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar.
3.
Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq - atvor uslubini aniqlaydi.
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter
tizimidagi irodaviy va ma’naviy sifatlar.
4.
Malakalar tizimi. Hayot va faoliyat, sifatlar xulq - atvorni tuzatish
(korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini - o‘zi boshqarishni ta’minlaydi.
Shaxsiy fazilatlarning kasb tanlashdagi roli.
O‘spirinlarning bilish jarayonlari va temperament xususiyatlarini hisobga
olgan holda kasbga yo‘llash maqsadga muvofiq.
Sezgilar deganda, moddiy dunyodagi narsalarning ayrim xossa va hodisalari
insonning sezgi organlariga ta’sir etib, muayyan tanlovdan (seleksiyadan)
o‘tgandan keyin uning ongida aks ettirilishi tushuniladi. Boshqacha so‘z bilan
aytganda, sezgi insonlarning tashqi ta’sirni qabul qilish qobiliyati va shunday
53
ta’sirdan olingan his - tuyg‘u, bilish jarayonining sodda va boshlang‘ich shakli,
bosqichi hisoblanadi.
Sezgilar uch guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
a) ko‘rish, his qilish, ta’m sezish, tuyush - eksteroretseptiv sezgilar;
b) organik sezgilar, ya’ni ichki organlarning faoliyati to‘g‘risida xabar berib
turuvchi - interoretseptiv sezgilar;
v) kinestetik (harakat), muvozanat, tebranish (vibratsiya) - proprioretseptiv
sezgilar.
Sezgirlik deganda, sezish qobiliyatining yuksak darajada rivojlanganligi
tushuniladi. Kasb tanlashda shaxsning sezgirligi muhim rol o‘ynaydi. Havo
musaffo paytda ko‘zimiz 25 kilometr masofadagi shamning yorug‘ini ilg‘aydi.
Buyumning og‘irligiga atigi 3-4 gramm qo‘shilishi bilan sezgi organlarimiz
og‘irlik o‘zgarganligini seza oladi. Sezgi organlarining farq sezish chegarasi
yorug‘lik uchun - qo‘zg‘alish (ta’sir)ning yuzdan bir, tovush uchun - o‘ndan bir,
bosim uchun uchdan bir birligiga teng. Insonning ko‘zi yarim millionga yaqin rang
- tusni ajrata oladi. Bundan chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, farqni
sezish chegarasining past yoki yuqori bo‘lishi ko‘pchilik kasb - hunarlar uchun
muhim ahamiyatga ega.
Sezgi organlarining atrof muhitdagi o‘zgarishlarga moslashuvchanlik
qobiliyati nihoyatda kuchli. Masalan, ko‘zning yorug‘lik nurlariga nisbatan
sezgirlik darajasi 200000 (ikki yuz ming) baravar orttirishi, binobarin, ko‘z
qorachig‘i 17 baravar kattalashishi mumkin. Odatda har qaysi shaxsning sezish
qobiliyati har xil darajada rivojlangan bo‘ladi.
Sezgirlik shaxsning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, ma’lum faoliyat turi
bilan shug‘ullanish sezgirlikni oshiradi. Buning uchun inson muntazam ravishda
mashq qilishi va mashq jarayonida sezgirlikka nisbatan talabni oshira borishi, ishda
sustlikka yo‘l qo‘ymasligi zarur. O‘spirinlarning ruhiy tetikligi, jismoniy faolligini
oshirish, mehnat va kasb - hunarga qiziqtirish ularning sezgirligi, ziyrakligini
oshirish garovidir.
54
Ayni paytda sezgi organlariga ta’sir etayotgan ob’yektni mavjud narsa va
hodisalarning inson ongidagi in’ikosi idrok deb ataladi. Verbal va noverbal
xususiyatlari bilan boshqa bilish jarayonlaridan farqlanadi. Idrok voqelikni aks
ettirishning sezgiga nisbatan yuksak shakli bo‘lib, hodisalar, narsalar va
ob’yektlarning yaxlit obrazini yaratadi.
O‘spirinlarning o‘qishi, mehnat faoliyati, muomala jarayoni, kasb tanlashi
uchun fazo va vaqtni idrok qilishning katta ahamiyati bor. Har qanday kasb -
hunar, ixtisos va mutaxassislik uchun ish sur’ati, vaqt, ish qurollari, vositalarning
fazoda qanday joylashganligini aniq bilish talab qilinadi.
Shaxsni kasbga yo‘llashda uning olamni idrok qilish imkoniyatlari.
Shaxsni kasbga yo‘llashda uning olamni idrok qilish imkoniyatidan iborat
fazilati va kuzatuvchanligi alohida rol o‘ynaydi. Ba’zi birovlar moddiy narsalarga
nisbatan kuzatuvchan bo‘lsa, boshqalar psixologik jihatdan kuzatuvchandir.
Shaxsning atrof - muhitdagi narsa va hodisalar haqida chuqur fikr yurita bilishi
uning idroklilik darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu fazilat kasb tanlashda juda asqotadi.
Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqidagi taassurotni esda saqlab, eslab qolish
va keyinchalik esga tushirish, reproduktiv va produktiv holatni aks ettirish
qobiliyati - xotira deb ataladi. Xotiraning hayot, faoliyat, muomala va xulq - atvor
jarayonlarini aks ettirish qobiliyati muhim hislatdir.
Harakat xotirasi (harakatni eslab qolish, esga tushirish, esda saqlash, tanish,
eslash, takrorlash), emotsional xotira (his - tuyg‘ular bilan aloqador emotsional
kechinmalarning voqelik bilan uyg‘unligi) tasavvur xotirasi (buyumlarning
ko‘rinishi, shakli, qiyofasini eslab qolish va esga tushirish), so‘z - mantiq xotirasi
(so‘zlar va nutq bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan fikrlarni eslab qolish hamda esga
tushirish) boshqalar farq qilinadi.
Bundan tashqari, xotira faoliyatning maqsadiga qarab - ixtiyoriy va
ixtiyorsiz eslab qolish va esda saqlash, muddatiga qarab - qisqa muddatli, uzoq
muddatli, operativ va boshqa xotira degan turlarga ham ajratiladi. Xotira, o‘z
55
navbatida ko‘rgazmali, obrazli, so‘z - mantiq, abstrakt, harakatli va oraliq tiplarga
ham ajratilib o‘rganiladi.
Yoshlarni kasbga yo‘llashda ularning xotirasidagi shaxsiy farqlarni hisobga
olish maqsadga muvofiq. O‘quv materiallarining turli tumanligi xotirani
o‘tkirlashtirish, rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Chunki kasb -
hunarning xilma - xilligi xotiraning o‘tkirligini talab qiladi.
Xotiraning hamma turlari, o‘ziga xos jihatlari kasb-hunar, ixtisos,
mutaxassislik tanlashda, turli - tuman kasblar to‘g‘risidagi ma’lumot axborotlarni
o‘zlashtirish, eslab qolish va keyinchalik esga tushirishda juda muhim rol
o‘ynaydi. Biror ixtisosni egallash uchun xotiraning yuqorida ta’riflab berilgan
turlaridan birortasi albatta kerak bo‘lib qoladi. Bu esa, o‘z navbatida ishning
samarali bajarilishini ta’minlaydi.
Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning xotirasi ayniqsa o‘tkir bo‘lishi
lozim.
Tafakkur voqelikning miyada bevosita zuhur etilgan mavhum va
umumlashtirilgan in’ikosi bo‘lib, insonning olam haqidagi bilimining asosiy
manbai bo‘lgan sezgi, idrok va tasavvurlari hamda amaliy faoliyati bilan
bog‘liqdir. Tafakkur shaxsni bilimlar tizimi bilan qurollantiradi, qudratli tabiat
kuchlarini o‘ziga bo‘ysundirish uchun imkon tug‘diradi. Barcha bilimlar fikr
yuritish yo‘li bilan o‘zlashtiriladi. Bilimlarni anglash natijasida tushuncha,
mulohaza va xulosalar kelib chiqadi. Insonning fikrlashi, mulohaza yuritishi, ijodiy
izlanishi natijasida muammo va muammoli vaziyatlar hal qilinadi, yangilik
yaratiladi, ijod (kreatsiya) paydo bo‘ladi.
Aqliy qobiliyat insonga xos yuksak fazilat bo‘lib, muayyan operatsiyalar,
xatti - harakatlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Inson mehnat faoliyatining
barcha sohalarida o‘zining aqliy qobiliyatidan samarali foydalanmog‘i zarur.
O‘spirinlarning fikr yuritish qobiliyatini aniqlovchi muhim mezonlardan
biri muammoli vaziyatdir. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni yoki talabalarni
muammoli vaziyatni, topshiriqni yechishga o‘rgatish ularning bu aqliy
qobiliyatini rivojlantirishga katta yordam beradi. Buning uchun talabalarga
56
muammoli, jumboqli topshiriqni yechish bosqichlarini ta’riflab berish joiz. Bunda
qo‘yilgan muammoning mohiyati tushuntiriladi, uni yechish usullari, vositalari
qidiriladi, tanlangan usul hamda vositalardan foydalanib, muammo yechiladi,
uning to‘g‘ri yechilganligi tekshiriladi va hokazo.
Ta’lim oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bir element ortiqcha
berilgan yoki biror sharti yetishmaydigan, yo bo‘lmasa o‘zaro mantiqan
bog‘lanmagan topshiriq hamda masalalardan muammo sifatida foydalanilsa juda
qimmatli natija olinadi. Qo‘yilgan muammoning kasb-hunarga aloqador bo‘lgani
ma’qul. Muammoni hal qilishda tafakkurning mustaqilligi, ixchamligi, tezligi,
mantiqiyligi, izchilligi, o‘tkirligi, teranligi, mahsuldorligi juda katta ahmiyatga
ega.
Tafakkurning imkoniyatlarini ishga solish kasb tanlash samarasini
oshirishga xizmat qiladi.
Xayol (fantaziya) ob’yektiv voqelikni inson ongidagi o‘ziga xos in’ikosi,
real yoki noreal hodisalar haqidagi o‘y, fikr, farazga asoslangan tasavvurlar
majmuasidir. Bironta, hatgo eng chalkash faraziy tasavvur ham shaxs aqlining
faqat sub’yektiv mahsuli hisoblanmaydi, oqibat natijada bu tasavvurda ob’yektiv
voqelik aks ettirilgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra inson faoliyatining qanday turi uchun,
shu jumladan olimning faraz yaratishi, voqelikni bashorat qilish, xodisalarning
sabablarini taxmin etish uchun xayolot juda zarurdir. O‘quvchi yoki talabaning
faraziy tasavvuri yetarlicha rivojlanmagan bo‘lsa, ta’lim jarayonida ko‘zlangan
maqsadga erisha olmaydi.
Yangilik yaratishga harakat qilgan har qanday shaxsni ijodiy farazsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Yangilik yaratish yo‘llari faraz qilish jarayonida vujudga
keladi. Inson orzu, ezgu niyat qilmasdan, xayol surmasdan, o‘ylamasdan yashay
olmaydi. Ijodiy izlanish shaxsning psixologik tavsifi uchun katta ahamiyatga ega.
Shaxsning xayol surishi, faraz qilish, tasavvur etish qobiliyatiga qarab uning
ma’naviy dunyosi to‘g‘risida muayyan darajada aniq fikrga kelish mumkin. Inson
faraziy obrazlar, timsollar, tasvirlar tufayli tobora sezgir, mehribon,
xushmuomala, sahiy bo‘ladi.
57
Shunday qilib, faol bilish jarayoni inson faoliyatining hamma turlarida bir
tekis ishtirok etadi va aks ettirishning mukammal bilish imkoniyatini kafolatlaydi.
Bilish jarayonining xususiyat, mexanizm va qonuniyatlariga tayanib ish tutgan
shaxs kamroq xato qiladi. Bu omillar uning xatolariga nisbatan ongli munosabatda
bo‘lishiga, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatishiga imkon yaratadi.
Shaxsning xulq - atvori, temperamenti, salohiyati va boshqa xislatlari kasb
tanlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Temperament shaxsning ruhiy
xususiyatlaridan biri bo‘lib, alohida olingan inson shaxsida ruhiy jarayon va
faoliyatning vujudga kelishi, o‘tishi, kechishi va dinamikasini belgilab beradi.
Lekin psixik faoliyat dinamikasi temperamentga emas, balki shaxsiy sabablarga
va shaxsning ruhiy holatiga bog‘liqdir. Xuddi shu boisdan inson temperamentidan
qat’iy nazar, mas’uliyat hissini sezsa, o‘z kasbida g‘ayrat bilan ishlaydi, kasbini
yoqtirmasa, aksincha, sustkashlik qiladi.
Temperament inson psixik faoliyatining xususiyati bo‘lib, fiziologik asosini
asab tizimining tiplari, oliy asab faoliyati qonuniyatlari tashkil etadi.
Temperament to‘rtta asosiy tipga ajratiladi: sangvinik (xushchaqchaq), flegmatik
(bo‘shang, og‘ir), melanxolik (g‘amgin), xolerik (qiziqqon).
Temperament shaxsning bama’niligini; dunyoqarashi, nuqtai nazari,
e’tiqodi, qiziqishlari va hokazolarini ko‘rsatuvchi belgi emas.
Hozirga davrda temperament tiplarining psixologik ta’rifi senzitivlik,
reaktivlik, aktivlik, ta’sirlanish tezligi, labillik, dinamiklik, reaktivlik bilan
aktivlik munosabatlarning muvozanati, harakatning ravonligi, rigidlik (qotib
qolganlik), ekstrovertlik va introvertlik kabi xususiyatlariga asoslanib tuziladi.
Psixologiya fanida temperamentning o‘ttizdan ortiq (ba’zan qirqdan ko‘proq)
tipidan olingan. Amaliyotda esa asosan ekstravert va introvert tiplari ko‘proq
qo‘llanadi. Shaxsni kasbga yo‘llash jarayonida temperamentning psixologik ta’rifi
berilishi shart.
Dostları ilə paylaş: |