61
Dunyoqarash
- odamning tevarak-atrofdagi olamga va unda o‘zining tutgan
o‘rniga qarashlaridan kelib chiqqan tizim.
Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy,
aqliy va estetik qarashlari yig‘indisi.
Yo‘nalish
- shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy
nazar ma’lum yo‘lga yo‘naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi.
Ijtimoiylashuv
- inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot -
faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni.
Kasb
- faoliyat shakllari birlashmasi bo‘lib, mazmun, vosita,
tashkilot,
mehnat natijalari hamda mehnat sub’yektini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
majmui avtomatlashgan usullari.
Muloqot
- ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Melanxolik
- temperament turlaridan biri bo‘lib, psixik faollikning sust, tez
ta’sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga
berilishi bilan xarakterlanadi.
Sangvinik
- temperament turlaridan bo‘lib, chaqqon,
harakatchan,
taassurotlari tez o‘zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik,
mehribonlik
xislatlari bilan xarakterlanadi.
Temperament
- shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui
bo‘lib, u kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emotsional tomonlari bilan
xarakterlanadi.
Flegmatik
– temperament turlaridan biri bo‘lib,
harakatlar sekinligi,
barqarorligi, emotsional xolatlarning tashqi ko‘rinishlari kuchli emasligida
namoyon bo‘ladi.
Xarakter
- kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning
individual birligi
bo‘lib, shaxsning mehnatga,
narsa va xodisalarga, o‘ziga va boshqa kishilarga
munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: