66
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda
ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan
amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do‘stimiz
bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini
bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatga bajaraman!»,
desa ishonamiz, albatta.
3.
Noverbal tasirning ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-
birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq), qiliqlari, mimika,
pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan
chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot
jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib
olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida
o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman»,
desa, ishonasizmi?
Dostları ilə paylaş: