76
muvofiq bosmoq, to‘xtatib turmoq zaruriyati tug‘iladi. Nerv hujayralari esa o‘z
faoliyatining bunday haddan tashqari zo‘riqishiga bardosh berishi kerak»
1
.
(I.P.Pavlov, Polnoe sobranie sochineniy, III tom, 2-kitob, 268-bet).
Nerv sistemasidagi muvozanat, I. P. Pavlov ta’limotiga muvofiq, nerv
sistemasining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuch darajasini teng baravar
holda tutib tura bilish qobiliyatida ko‘rinadi. Qo‘zg‘alish va tormozlanish baravar
darajada kuchli yoki kuchsiz bo‘lganda, nerv sistemasida muvozanat bo‘ladi. Shu
jarayonlardan biri kuchliroq yoka kuchsizroq bo‘lsa, nerv sistemasida muvozanat
bo‘lmaydi.
Nerv sistemasining ildamligi (labilligi) miya po‘stining biron qismidagi
qo‘zg‘alishning tormozlanishi bilan yoki, aksincha, tormozlanishning qo‘zg‘alish
bilan naqadar yengil almashinishidan iborat. I.P.Pavlov nerv sistemasining bu
xususiyatiga ayniqsa katta ahamiyat bergan edi. «Ravshanki, eng muhimi
ildamlikdir,- deydi u,- hayot o‘zi bilganicha qila beradi, hamma sharoitni o‘zgartirib
yuboradi, u juda ham o‘zgaruvchan, kimki sergaklik bilan bu o‘zgarishlarni darrov
payqab ola bilsa, ya’ni ildam esga ola biladigan nerv sistemasi bo‘lsa, o‘sha yutadi».
(«Pavlovskiye sredi», II tom, 244-bet).
Dostları ilə paylaş: