Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Melanxolik 
temperament

hissiyotning 
sekin, 
lekin 
kuchli 
qo‘zg‘aluvchanligi va barqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, 
davomli bir kayfiyatga moyil bo‘ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda 
zaif bo‘ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sustkash bo‘ladilar. Melanxolik 
temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, 
boshlagan ishini oxiriga yetkazmay qo‘ymaydi. 
Bunday temperamentli bolalar mo‘min-qobil, yuvosh bo‘ladilar, ko‘pincha, 
birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darrov 
xafa yoki xursand qilish oson emas, lekin bir narsadan xafa bo‘lsalar, bu xafalik 
uzoq davom etadi, barqaror bo‘ladi. Ular bir ishga yoki o‘yinga tez yopishib 


74 
kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o‘yin boshlasalar, bunda chidam va 
matonat ko‘rsatadilar. 
Flegmatik temperament
- hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo‘zg‘alishi va 
uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar 
hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo‘ladi. Bu xil temperamentli odamlarni 
xursand qilish, xafa qilish yoki g‘azablantirish ancha qiyin. 
Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo‘ladi. Bu xil temperamentli 
odamlar nihoyat og‘ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo‘ladi. Agar bir 
faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar. 
Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo‘min qobil bo‘ladi. Ular 
ko‘pchilikka aralashmaydigan, tortinchoq va hech kimga tegmaydigan, birovni 
ranjitmaydigan bo‘ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo‘lsa, o‘zlarini 
chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin - suronli, harakatli o‘yinlarga moyil 
bo‘lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo‘lmaydilar va odatda ular o‘yin 
- kulgilarga moyil emaslar.
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko‘rsatishga moyil 
bo‘lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo‘lga qo‘yilsa, ancha qunt bilan ish ko‘radilar, 
yaxshi o‘qib ketishlari mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin