O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga
xosligi
O‘smirlik va o‘spirinlik davrlari maktab va boshqa ta’lim maskanlarida
o‘qish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat
o‘quv faoliyati
bo‘lib, unda bola bilim olish bilan bog‘liq, malaka va ko‘nikmalarni orttirishdan
tashqari, shaxs sifatida ham muhim o‘zgarishlarga yuz tutadi.
O‘smirlik davri
eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot
bosqichidir. Ilk o‘smirlik 11-13 yoshni, katta o‘smirlik 14 - 15 yoshlarni o‘z ichiga
oladi. Bu davrning eng muhim hislati shundan iboratki, u bolalikdan o‘spirinlik,
kattalikka, yoshlikdan yetuklikka o‘tish davridir.
O‘smirlik - organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan
xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning
qotishi ro‘y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo‘lib, bu
ham bola fe’lining o‘zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va
noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatib, bola tezga achchiqlanadigan yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha
88
depressiya holatidan chiqolmaydigan tushkunlikda qolishi ham mumkin.
O‘smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy balog‘at bo‘lib,
u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini ham belgilaydi. Shu bilan bog‘liq
xolda ongli jinsiy mayllar, shu bilan bog‘liq noxush his - kechinmalar, fikrlar
paydo bo‘ladiki, bola ularning asl sababini ham tushunib yetolmaydi. Psixik
taraqqiyotning o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil rivojlanib boradi, lekin bu
rivojlanish ko‘plab qarama - qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Bu taraqqiyot o‘quv
jarayonida kechgani uchun ham to‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv faoliyati bola
psixikaning muvozanati va uning turli fikr - o‘ylardan chalg‘ishiga zamin yaratadi.
Ayniqsa, diqqat, xotira, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Ayni shu davrda bola
mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi. Chunki bu davrda u ko‘proq o‘z fikr-
o‘ylari dunyosida mushohada qilish, olam va uning sirlarini bilishga, nazariy
bilimlarni ko‘paytirishga intiladi. Buning sababi - yana o‘sha kattalikka o‘tish
bo‘lib, bolada o‘ziga xos «kattalik» hissi paydo bo‘lib, bu narsa uning gapirishi va
fikrlashlarida ham ifodalanadi. Shuning uchun ham maktabda berilgan mustaqillik
va to‘g‘ri tashkil etilgan o‘qish sharoitlari, samimiylik muhiti unda mustaqil
fikrlashiga katta imkoniyatlar ochishi va undagi ijodiy tafakkurni rivojlantirishi
mumkin. Shunga bog‘liq tarzda o‘smirning o‘z falsafasi, o‘z siyosati, baxt va
muhabbat formulasi yaratiladi. Mantiqan fikrlashga o‘rganishi esa unga o‘zicha
aqliy operatsiyalarni amalga oshirish, tushunchalar va formulalar dunyosida
harakat qilishga majbur qiladi. Bu o‘ziga xos
o‘smirlik egotsentrizmining
shakllanishiga - butun olam va uning qonuniyatlari unga bo‘ysunishi kerakday
fikrning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ham aynan o‘smirlik paytida
bolalar o‘z ota - onalari bilan hadeb tortishaveradilar. Aniq bir to‘xtamga
kelolmasa ham tortishish biror firkni izxor qilish ehtiyojining o‘zi unga juda
yoqadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, o‘smirlik yuqorida ta’kidlanganidek, qarama -
qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar «krizislar, tanazzullar» davri ham deb
ataydilar. Sababi - bola ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ko‘p bo‘ladiki, u bu
inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan, uni hal qilishga
89
imkoniyati, kuchi va aqli yetishmaydi. Masalan, «kattalik hissiga» to‘sqinlik
qiladigan omillardan biri - bu ularning o‘z ota - onalaridan moddiy jihatdan
qaramligi. Ruhan qanchalik o‘zlarini katta deb his qilmasin, o‘smir maktabga
ketayotib, onasidan yoki otadan pul so‘raydi, ular esa bolaga bolalarcha
munosabatda bo‘lib, ozginagina pul beradilar. Ikkinchidan, kattalarday bo‘lishni
xohlaydi, lekin qiz bola onasining, o‘g‘il bola otasining kiyimini toshoyna oldida
kiyib ko‘rsa, baribir yarashmaydi. Ya’ni, tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklar - hali
qaddu-qomatning kelishmaganligi, uning ustiga yuzlari va tanasida paydo
bo‘ladigan noxush toshmalar uning ruhan salbiy hislarni boshdan kechirishiga olib
keladi. YA’ni, bu yoshni «arosat» yoshi deb ham atash mumkin, chunki katta
bo‘lib katta emas, bola ham emas. Shularning barchasi o‘smirlik davridagi ruhiy
tug‘yonlarga sabab bo‘ladi. Lekin shularga qaramay, bola o‘zi bilib - bilmay o‘z
aqliy salohiyatini o‘stirishga intiladi, chiroyli fikrlashga tashna bo‘ladi va bu uning
psixik taraqqiyotidagi eng muhim o‘zgarishi hisoblanadi.
O‘smir shaxsning takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan
biri - o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi
boladan farqli, o‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining
maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengqurlari
orasida ma’lum
ijobiy mavqeni egallash
, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun
o‘qish motivlari ustivor bo‘lib boradi. Lekin I.V.Dubrovinaning bergan
ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi
bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi
kelmaydi, o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy emotsiyalar va havotirlik hislarini
boshdan kechiradilar (o‘rtacha 20% o‘quvchilar). Bu kattalarning o‘smir bilan
ishlashini qiyinlashtiradi.
O‘smirning shaxs sifatida taraqqiyotida ikki xil holat kuzatiladi: bir
tomondan, boshqalar, tengqurlar bilan yaqinroq aloqada bo‘lishga intilish, guruh
normalariga bo‘ysunish, ikkinchi tomondan, mustaqillikning oshishi hisobiga bola
ichki ruhiy olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O‘zgalarni anglash bilan o‘z-
o‘zini anglash o‘rtasida ham qarama - qarshiliklar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘smir
90
o‘z imkoniyatlarini yuqori baholaydi, boshqalar esa uning kuchi, irodasi va
salohiyatiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘zini nima qilib
bo‘lsa ham hech bo‘lmaganda tengqurlar jamiyati tomonidan tan olinishiga
erishishga intiladi va ular bilan muloqot hayotining ma’nosiga aylanib qoladi. Agar
mabodo o‘smir shu davrda biror sabab bilan tengqurlari jamiyati tomonidan inkor
qilinsa, u bunga juda katta mudhish voqeaday qaraydi, maktabga bormay qo‘yishi,
hattoki, suitsidal harakatlar (o‘z joniga qasd qilish) ni ham sodir etishi mumkin.
O‘smirlik davridagi qiyinchiliklarni oldini olishning eng ishonchli va foydali
yo‘li - bu uning biror narsaga turg‘un qiziqishiga erishish, faoliyat motivlarini
mazmunliroq qilishdir. Masalan, shu davrda texnikaga qiziqib qolgan bola
qiziqishini qondirish shart - sharoitining yaratilishi, bekor qolmasligiga erishish,
har bir harakatini rag‘batlantirish, unga bir ish qo‘lidan keladigan odamday
munosabatda bo‘lish katta pedagogik ahamiyatga ega. Uning qiziqishlarini bila
turib, oldiga yangidan yangi maqsadlar qo‘yish - bola shaxsining rivojiga asosdir.
Shundagina uning o‘z «Men»i to‘g‘risidagi tasavvurlari ijobiy, o‘z-o‘ziga bahosi
ob’yektiv va adolatli bo‘ladi, o‘zining nimalarga qodirligi va kim ekanligi haqida
yaxshi fikrlar paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |