Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

 
 


81 
Xarakter va shaxs 
Mashhur 
rus 
olimi, 
psixologiya 
fani 
metodologiyasini 
yaratgan 
S.L.Rubinshteyn shaxsning o‘ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy 
tuzilmalarni ajratgan edi: 
1. 
Munosabatlar va yo‘nalish 
shaxsdagi asosiy ko‘rinishlar sifatida - bu 
shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xohlashi. 
2. 
Qobiliyatlar
ana shu tilak - istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - 
bu odamning nimalarga qodir ekanligi. 
3. 
Xarakter
imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan 
turg‘un, barqaror tendensiyalar, ya’ni bu kim ekanligi.
Shu nuqtai - nazardan qaraganda ham, xarakter shaxsning “tanasi”, 
borlig‘idir. Xarakterning boshqa individual - psixologik xususiyatlardan farqi 
shuki, bu xususiyatlar ancha o‘zgaruvchan va dinamik, orttirilgandir. Shuning 
uchun ham maktabdagi ta’limdan oliy o‘quv yurtidagi ta’limga o‘tish faktining 
o‘zi ham o‘spirinda ma’lum va muhim o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Umuman, aniq bir shaxs misolida olib qaraydigan bo‘lsak, har bir alohida 
ob’yekt, narsa, hodisalarga mos tarzda xarakterning turli qirralari namoyon 
bo‘lishining guvohi bo‘lishimiz mmkin. Masalan, uyda katta yoshli ota - onalar 
oldida o‘ta bosiq, ko‘nuvchan, har qanday buyurilgan ishni e’tirozsiz bajaradigan 
kishi, o‘z kasbdoshlari orasida doimo o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan, gapga 
chechan, kerak bo‘lsa qaysar, dadil bo‘lishi, ko‘chada, jamoatchilik joylarida 
beg‘am, loqayd, birov bilan ishi yo‘q kishiday tuyulishi, o‘ziga nisbatan esa o‘ta 
talabchan, lekin xudbin, o‘z - o‘ziga bahosi yuqori bo‘lishi mumkin. Demak, 
xarakterning psixologik tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, uni borliqdagi ob’yektlar 
va predmetli faoliyatga nisbatan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Shuning 
uchun ham psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi: 
1. Mehnat faoliyatida namoyon bo‘ladigan xarakterologik xususiyatlar - 
mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobillik, 
mas’uliyat, dangasalik, qo‘nimsizlik va boshqalar. 


82 
2. Insonlarga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ladigan 
xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, dilgirlik, 
muloqatga kirishuvchanlik, altruizm, g‘amxo‘rlik, rahm - shafqat va boshqalar. 
3. O‘z-o‘zining munosabatiga aloqador tavsifiy sifatlar - kamtarlik, 
kamsuqumlilik, mag‘rurlik, o‘ziga bino qo‘yish, o‘z - o‘zini tanqid, ibo, sharmu - 
hayo, manmansirash va boshqalar. 
4. Narsa va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xususiyatlar - 
tartiblilik, oqillik, saranjom - sarishtalik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik va 
boshqalar. 
Yuqorida sanab o‘tilgan sifatlar aslida shaxsning hayotdagi yo‘nalishlaridan 
kelib chiqadi. Chunki yo‘nalish - borliqqa nisbatan tanlovchan munosabatining aks 
etishidir. Bunday yo‘nalish turli shakllarda namoyon bo‘ladi: diqqatlilik, 
qiziquvchanlik, ideallar, maslak va hissiyotlarda. 
Xarakter xususiyatlarining nimalarda namoyon bo‘lishi, ularning belgilari 
masalasi ham amaliy jihatdan muhimdir. 
Avvalo xarakter insonning xatti - harakatlari va amallarida namoyon bo‘ladi 
- odamning ongli va maqsadga qaratilgan harakatlari uning 
kim
ekanligidan darak 
beradi. 
Nutqning xususiyatlari (baland tovush bilan yoki sekin gapirish, tez gapirishi 
yoki bosiqligi, emotsional boy yoki jonsiz) ham xarakterning yo‘nalishini 
belgilaydi. 
Tashqi qiyofa - yuzining ochiq yoki tund ekanligi, ko‘zlarining samimiy 
yoki joxilligi, qadam bosishlari tez yoki bosiq, mayda qadam yoki salobatli, turishi 
- viqorli yoki kamtarona, bularning hammasi xarakterni tashqaridan kuzatib 
o‘rganish belgilaridir. 
Bundan tashqari, ilm olamida inson xarakterini turli belgilarga ko‘ra 
o‘rganishga qaratilagan ko‘plab urinishlar bo‘lgan. Ularda odamning turli tabiiy, 
tug‘ma xususiyatlariga xarakterni bog‘lashga urinishlar bo‘lgan. Masalan, 
fizionomika odam yuz qirralari va ularning bir - biriga nisbati orqali odam fe’l - 
atvorini o‘rganishga harakat qilsa, xiromantiya - qo‘l barmoqlari va kaftdagi 


83 
chiziqlar orqali, ko‘z rangi va qarashlar, soch va uning xususiyatlari orqali 
o‘rganish yo‘llarini qidirgan. Ch.Lombrozo, E.Krechmer, U.Sheldonlarning 
konstitutsion nazariyalari shaxs xarakterini uning tashqi ko‘rinishi, tana tuzilishi 
bilan bog‘liqlikni tushuntirishga uringan. 
Xarakter va uning rivojlanishi, namoyon bo‘lishi uchun umumiy qonuniyat 
shuki, u tashqi muhit ta’sirida, turli xil munosabatlar tizimida shakllanadi va 
sharoitlar o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. 
Kishining boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatlarida va hatti - harakatlarida 
uning o‘z - o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter hislatlari ham 
namoyon bo‘ladi. Bu o‘z - o‘ziga baho berish deb ataladigan xarakter hislatidir. 
Jamiyat o‘rtasidagi xilma - xil munosabatlarda odam ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz 
ravishda o‘zini boshqalar bilan taqqoslaydi va o‘zida boshqalarga o‘xshash yoki farq 
qiladigan hislatlar topadi. Odamda o‘zi haqida, uning o‘zligi haqida ma’lum bir fikr 
paydo bo‘ladi. 
O‘z - o‘ziga yuksak baho berish odamning o‘zligini anglashning muhim bir 
tomonini tashkil etadi. Kishining o‘z - o‘ziga beradigan bahosi uning haqiqiy 
sifatlariga mos bo‘lishi yoki mos bo‘lmasligi ham mumkin. Odam o‘zidagi sifatlarga 
ortiqcha baho berib yuborishi yoki ularga yetarli baho bermasligi ham mumkin. 
Shunday odamlar ham bo‘ladiki, ular ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ma’lum 
bir fazilatlarga ega bo‘lib, bu fazilatlariga o‘zi ham yuksak baho beradi. O‘z - o‘ziga 
baho berish kishining o‘z qadr - qimmatini, o‘z sharafini bilish, yuksak singari 
xarakter hislatlarida ifodalanadi. 
O‘z - o‘ziga yuksak baho berish ba’zi odamlarda iftixor tariqasida ifodalanadi. 
Bunday odamlar o‘zidagi mavjud bir fazilatni doim qayd qilibgina qolmay, balki o‘zini 
boshqalardan afzal tomonlari borligini ham qayd etadi. O‘z qadr - qimmatini, izzat - 
nafsini bilish, faxr salbiy xislat emas, albatta. Bu yerda ayrim kishida bo‘ladigan 
guruhlanishni ko‘zda tutmay, balki bu odamning nima bilan faxrlanishini, o‘zi 
uchun faxr deb nimani tushunishini ko‘zda tutishga to‘g‘ri keladi. 
Faxr, izzat - nafs, o‘z qadr va martabasini bilish, faqat xudbinlikdan iborat 
bo‘lib qolsa, u vaqtda bunday xarakter hislati salbiy, deb hisoblanadi. Bunday 


84 
xususiyat, ko‘pincha, takabburlik, manmanlik, dimog‘dorlik, kibrlanish, 
g‘ururlanish tariqasida ifodalanadi, 
Shunday odamlar borki, olijanob hislatlarga ega bo‘ladi, ammo hech vaqt 
bu hislatini odamlarga pesh qilmaydi, hech bir holda bu hislati bilan kerilmaydi. 
Bunday odamlar kamtar, oddiy kishilar bo‘ladilar; bunday odamlarning hatti-
harakatida, gap so‘zida takabburlik, dimog‘dorlik, manmanlik bo‘lmaydi. 
Kamtarlik va soddadillik kishi xarakterining ijobiy sifatidir. 
Kamtar odam umum orasidan o‘zini ajratib ko‘rsatishga, haqiqatdagi yoki 
ayniqsa, o‘rni - tagi yo‘q xizmatlarini bo‘rttirib pesh qilishga urinmaydi. U 
o‘zining boshqalardan afzallik tomonlarini agar shunday tomonlari bo‘lsa ko‘z-
ko‘z qilishga intilmaydi, hammaning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat 
qilmaydi. 
Kamtar kishi odamlarga o‘zini savlat qilmaydi, uning odamlarga bo‘lgan 
muomalasi, kiyimi, yurish turishi, nutqi, o‘zini tutishi va odatlari har doim tabiiy 
va samimiy bo‘ladi. 
Ijtimoiy va shaxsiy hayotda oddiylik va kamtarlik alohida ahamiyatga 
egadir. 
Kamtarlik o‘z - o‘zini tanqid va o‘ziga nisbatan qat’iy talabchanlik bilan 
o‘z ishiga to‘g‘ri baho bera bilish, ishidagi kamchiliklarni ko‘ra bilish, o‘z hatti-
harakati va faoliyatini tahlil qila bilish ham baho berish bilan o‘z kamchiliklarini 
dadil ochib tashlash va ularga iqror etish hamda ularga halollik hamda 
vijdonan bartaraf qilish choralarini ko‘rish bilan chambarchas bog‘liqdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin