97
simpatiyaning korrelyasion bog‘liqligi kuchli), qizlarda bunday bog‘liqlik
ancha
past ekan, ya’ni hamma yoqtirganlarini ham sevmas ekan, umuman simpatiyaning
paydo bo‘lishi ham biroz qiyin ekan.
Bundan tashqari, o‘spirinlik yillaridagi sevgi va muhabbat hissi nafaqat
qarama-qarshi jins vakiliga qaratilgan bo‘ladi, balki aynan shu davrda ota-onaning
qadrlanishi va ularga nisbatan sevgi-muhabbat,
yaqinlar - aka-uka, opa-singil,
hayotda ibrat bo‘ladigan kishilarni yaxshi ko‘rish, Vatanni sevish kabi oliy hislar
ham tarbiyalanadi. Shuning uchun ham haqiqiy yuksak muhabbat sohiblari
bo‘lmish
yoshlarni
tarbiyalash
-
jamiyatda
insoniy
munosabatlarni
barqarorlashtirish, odamlar o‘rtasida samimiy munosabatlar o‘rnatish va
ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ta’limning barcha bosqichida ma’naviy tarbiyaning ajralmas bo‘lagi sifatida
ana shunday samimiy
munosabatlarni tarbiyalash, targ‘ib etish, kerak bo‘lsa,
yoshlarga ana shunday sevgi va sadoqat haqidagi qadriyatlarimizni ongga
singdirishimiz kerak. Sevgi va muhabbat hislari keng ma’noda - Vatanga, yurtga,
halqqa, borliqqa, kasbga va yaqin kishilarga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: