Kasbiy psixologiya


Yoshlardagi attraksiya va emotsional munosabatlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Yoshlardagi attraksiya va emotsional munosabatlar 
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsning 


93 
sub’yektiv kechinmalarini aks ettirilishidir. Sub’yektiv munosabatlarning inson 
miyasida his - tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks 
etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot - yaqqol voqelikning 
ehtiyojlar sub’yekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’yektlarga nisbatan uning uchun 
qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir. 
O‘smirlik va o‘spirinlik davrlari nafaqat professonal tanlov va kasb egallash 
uchun maqbul davr bo‘lmay, bu davr yoshlarning o‘zligini anglash, o‘z qadr - 
qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan munosabatda bo‘lish tajribasini egallash 
davri hamdir. 
O‘smir ham o‘spirin ham qancha ichki ruhiy iztirob, qarama-qarshilik, 
mas’uliyat onlarini boshidan kechirmasin, uning emotsional olami, atrof - muhitda 
ro‘y berayotgan hodisalarni ongida aks ettirishi katta o‘rin tutadi. Aynan o‘smirlik 
davri bola qalbida kim bilandir sirlashish, kimnidir o‘ziga eng yaqin kishi sifatida 
tan olish, uni ruhiyatida kechayotgan barcha o‘zgarishlardan voqif etish istagi va 
ehtiyojini uyg‘otadi. Birinchi marta «do‘stlik», «muhabbat», «sevgi» tushunchalari 
ham aynan shu davrda paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham yetuklik va keksalik 
davridagi kishilar ham o‘smirlik va o‘spirinlik yillarini eng beg‘ubor, jozibali va 
yoqimli sifatida xotirlaydilar. 
Bu taraqqiyot davri 
attraksiya
deb atalmish hissiyotning paydo bo‘lishi 
uchun eng maqbul davrdir. 
Attraksiya 
(lotincha attrahere - yoqtirtirish, o‘ziga jalb 
etish)
 
- bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va 
yoqtirishi, o‘zaro moyillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir. 
Bu bir odamda 
boshqa bir odamga nisbatan shakllanadigan ijtimoiy ustanovkaning bir ko‘rinishi 
bo‘lib, simpatiya - yoqtirishdan tortib, to sevgi muhabbat kabi chuqur emotsional 
bog‘liqlik ham shu his asosida paydo bo‘ladi. Ijtimoiy psixologiyada ushbu 
hissiyotning asl sabablari ijtimoiy motivlar - sheriklarning bevosita bitta makon va 
zamonda ekanliklari, ularning tez - tez uchrashib turishlari, uchrashuvlar tezligi, 
suhbatdoshlar o‘rtasidagi masofa, hissiyotlarning tarbiyalanganligi kabi omillar 
ta’sirida paydo bo‘lishi va uning kechish mexanizmlari o‘rganiladi. Tadqiqotlar bu 
kabi emotsional munosabatlar aynan balog‘at yoshi arafasida rivojlanishini isbot 


94 
qilgan. Shunisi ahamiyatliki, attraksiyaning namoyon bo‘lishi, uning kuchi va 
mazmuni o‘smir yoshning shaxs sifatida o‘zini idrok qilishi, o‘z-o‘zini hurmat 
qilishi va o‘zgalarga nisbatan munosabatlarda toqatliroq bo‘lishiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatar ekan. Shuning uchun ham ana shu davrda o‘smir va o‘spirin atrofida u 
yoqtirgan va uni yoqtiradigan odamlarning bo‘lishi juda katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo‘lib, uning aksi bola ruhiy azoblanishining sabablaridan 
hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin