Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Do‘stlik.
O‘smirlik va o‘spirinlik yoshida paydo bo‘ladigan barcha 
muammolarni yechish va u bilan o‘rtoqlashish uchun bolaga do‘st kerak. Psixolog 
tili bilan aytganda, do‘st - bu «alter-Ego», ya’ni ikkinchi «Men» bo‘lib, u o‘sha 
paytdagi «Men»ning bir qismi sifatida idrok qilinadi. Bu shunday odamki, shaxs u 
bilan barcha dardu-hasratlarini muhokama qiladi, muammolarini uning oldiga 
to‘kib soladi. Do‘stlikning boshqa intim, emotsional hissiyotlardan farqi shuki, u 
odatda bir jins vakillari o‘rtasida bo‘ladi va do‘stlar odatda 2 kishi, ayrim xollarda 
3-4 kishi bo‘lishi mumkin. 
Do‘stlikning ham ko‘zlagan 
maqsadlari
bo‘ladi: u amaliy, ish - faoliyat 
bilan bog‘liq, sof emotsional (ya’ni, muloqot ehtiyojlarini qondirish), ratsional 
(intellektual muammolarni hal qilishga asoslangan), ahloqiy (o‘zaro insoniy 
sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi) bo‘lishi mumkin. Do‘stlikning 
asosiy sharti - 
o‘zaro bir-birini tushunish
. Shu shart bo‘lmasa, do‘stlik haqida gap 
bo‘lishi mumkin emas. Agar ana shunday tushunish bo‘lsa, do‘stlar gap-so‘zsiz 
ham qiliqlar, yuz ifodasi, yurish - turishga qarab ham bir - birlarini tushunib 
olaveradilar.
Ikki jins vakillari o‘rtasida ham do‘stlik bo‘lishi mumkin, faqat u ko‘pincha 
tanishuv bilan sevgi-muhabbat o‘rtasidagi oraliqni to‘ldirishga xizmat qiladi.
 
Do‘stlarga xos bo‘lgan sifatlarga bir-birini ayash, g‘amxo‘rlik qilish, ishonch, 
shaxsiy muammolarga befarq bo‘lmaslik, qo‘llab-quvvatlash, mehr kabilar kiradi. 
Ularning ardoqlanishi do‘stlikning uzoq davom etishi va ikkala tomon manfaatiga 
mos ishlarni amalga oshirishga undaydi. Do‘sti yo‘q o‘smir yoki o‘spirin o‘zini 
juda baxtsiz, nochor hisoblaydi. Ayniqsa, agar do‘sti xoinlik qilsa, uning 


95 
kutishlariga zid ish qilsa, bu holat juda qattiq ruhiy iztiroblarni keltirib chiqaradi. 
Shuning uchun ham har bir yosh o‘z do‘stini hafa qilib qo‘ymaslik, uning 
ko‘ngliga qarab ish qilishga harakat qiladi. Agar ilk o‘spirinlikda do‘stlik 
mazmunan ancha yuzaki, bevosita muloqot maqsadlari asosida tashkil etilgan 
bo‘lsa, yosh o‘tgan sari u hayot mazmuni va yuksak qadriyatga aylanib boradi. 
Sevgi.
Agar do‘stlik attraksiya namoyon bo‘lishining birinchi ko‘rinishi 
bo‘lsa, sevgi qalblar yaqinlashuvining muhim alomatidir. 
Sevgi
- bu nafaqat 
hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati hamda sevimli bo‘la olishdir. 
Shuning uchun ham o‘smirlar va o‘spirinlar uchun bu hissiyotning borligi juda 
katta ahamiyatga egadir. Aynan o‘smirlir va ilk o‘spirinlikdagi sevgi beg‘ubor, 
tiniq, samimiy bo‘lib, yosh o‘tgan sari uning mazmuni boyib, boshqa qadriyatlar 
ham o‘rin egallay boshlaydi. To‘g‘ri, o‘smir bilan o‘spirin sevgisida ham sifat 
farqlari bor. Masalan, o‘smirlar bir-birlariga mehr qo‘yishganda ko‘proq 
sheriklarning tashqi qiyofalari, intellektual imkoniyatlari va ijtimoiy mavqelariga 
e’tibor beradilar. Haqiqiy sevgi o‘spirinlik yillarining oxirlarida paydo bo‘lib, 
uning asosiy mezoni endi tashqi belgi va afzalliklar emas, balki insoniy fazilatlar 
bo‘lib xizmat qiladi.
Sevgi - bu shunday tuyg‘uki, u bir shaxsning ikkinchi shaxs ustidan mutloq 
ustunligi yoki afzalligini inkor etadi. Bunday hissiyot esa sevgi bo‘lmaydi. 
Shuning uchun ham o‘spirinlik yoshidagi yigit va qizlar guruhda muloqotda 
bo‘lishni va bunda teng huquqli munosabatlar bo‘lishini xohlaydilar. Bu talab 
sevishganlar uchun ham qonun hisoblanadi. Do‘stlikdan farqli, bu yerda turli 
ko‘rinishlar yoki turlarni ajratish mumkin emas. Bu hissiyot shundayki, u 
tomonlarni faqat ahloqan va ma’naviy jihatdan yaqin bo‘lishini taqozo etadi. 
Sevgan yurak ma’naviy jihatdan yaxshi, ulug‘ va ijtimoiy jihatdan manfaatli 
ishlarni qilishga qodir bo‘ladi. To‘g‘ri, ko‘pchilik ota-onalar o‘quvchilik yillarida 
paydo bo‘lgan sevgi hissidan biroz cho‘chiydilar, uni cheklashga, hattoki, qizlarga 
ta’qiqlashni ham afzal ko‘radilar. Lekin aynan shu hisning borligi yoshlarni 
ulug‘vorroq, samimiyroq, har narsaga qodir va kuchliroq qiladi. Sevgida «ishi 
yurishmaganlarning» esa boshqa sohalarda ham ishi yurishmaydi. Ular o‘zlarini 


96 
tushkun, baxtsiz, omadsiz hisoblaydilar. 
Olimlar sevgining yoshlarda namoyon bo‘lishi va uning psixologik tahlilini 
o‘rganishgan. Ma’lum bo‘lishicha, sevgining dastlabki bosqichi - o‘zaro yoqtirib 
qolish - 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin