Kasbiy psixologiya


Testlarning emotsional mazmun kasb etishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

6. Testlarning emotsional mazmun kasb etishi.
Bu usul oldingisiga 
o‘xshab ketadi. Buning farqli tomoni emotsional vaziyatlar qo‘shimcha tarzda 
tuzilmasdan, aynan testning o‘zida beriladi. Test mazmunan etikaviy bo‘lmasligi, 
aralash, yoqimsiz bo‘lishi mumkin. 
7. Reaksiyalarning avtomatlashuvi. 
Yozuv, manera, ekspressiv 
harakatlarni nazorat qilish va xohishlarni o‘zgartirish shaxslilik testlarida 
foydalaniladi.


113 
8. Bunda shaxsning
«ixtiyorsiz» indikatorlar sifatida kuzatilayotgan psixik 
jarayonlarga elektrofiziologik, bioximik va vegetativ o‘zgarishlar kiritish orqali 
foydalaniladi. 
9. «Fonli» indikator. 
«Fonli» indikatorlar sifatida shaxsning xususiyatlari 
bilan bog‘lanishda bo‘lgan organizmning fiziologik va fizik statuslaridan 
foydalaniladi. «Fonli» indikatorlar sifatida antrometrik o‘lchovlar qo‘llaniladi: 
bo‘y, og‘irlik, suyak - muskul og‘irligi, tanadagi boshqa ko‘rsatkichlar va 
proporsionalliklarni kiritsa bo‘ladi. 
 
 
Kasbiy psixodiagnostika 
Psixologiya fanida bu sohada muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o‘ziga 
xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V.Kulaginning fikricha, kasbiy 
psixodiagnostika deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va 
baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo‘naltirish, nomzodlarni 
(da’vogarlarni) 
ixtisoslikka 
oqilona 
taqsimlash, 
kasbiy 
tayyorgarlikni 
takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini 
yechish tushuniladi. 
Individuallikning mohiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga 
saralash muammosini hal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma’lumki, kasbga 
layoqatlilikni tashxis (diagnoz) qilish insonning kasbiy hislatlarini hisobga olishga 
asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy tahlil orqali shaxsning xususiyatlari 
ko‘rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari 
aniqlanadi. Hozirgi zamon psixologiyasining ma’lumotlariga qaraganda, tashxis 
(diagnoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun 
o‘rtameyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos. 
Bunday model tashxis (diagnoz) qilishda cheklanganlikka ega bo‘lib, tashxisning 
mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir. 
Kasbiy faoliyatni tahlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika 
(kasbiy psixologik) muammolarni hal qilish mumkin emas, ya’ni professiografiya 


114 
mohiyatiga va uning tuzilishiga e’tibor qilish zarur. Faqat shundagina faoliyatli 
yondashuv amalga oshirilib, uning harakatlari va operatsiyalari testlar yordamida 
baholanishi mumkin. Chunki harakat operatsiyalari mazkur faoliyatning tarkibini 
tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifini egallash jarayonini osonlashtiradi, unga 
layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. Faoliyat samaradorligini tashxis 
qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash uning muvaffaqiyati o‘lchovi, 
mezonini aniqlashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma) 
natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash(klassifikatsiyalash) 
imkoni vujudga keladi. 
Kasbiy faoliyatning tahlili maqsadga yo‘naltirilgan va tashkiliy jarayon 
hisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo‘ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan 
ma’lumotlar to‘plash; b) olingan ma’lumotlar va axborotlarni qayta ishlab chiqish 
hamda umumlashtirish, ularning negizida professiogramma tuzish; v) amaliy va 
nazariy masalalarni yechish uchun professiogrammadan foydalanish (kasbiy 
faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi mezonlar tanlash, uni baholash (tashxis 
qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar). 
Kasbiy faoliyat yuzasidan ma’lumotlar (axborotlar) turli manbalardan 
olinishi mumkin. 
1. Muayyan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta ahamiyat 
kasb etadi. 
2. Kasbiy faoliyat to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashning asosiy metodlaridan 
biri bo‘lib suhbat - intervyu hisoblanadi. Mutaxassislar bilan standart yoki 
nostandart tarzda intervyu uyushtirish samarali natija beradi. 
3. Ba’zan kasbiy faoliyatning u yoki bu qirralari (jabhalari)ni qayd qiluvchi 
kundaliklar yoki varaqlardan

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin