118
Psixodiagnostika
(grekcha psyche - ruh va diagnostikos - bilishga qodir) -
psixologik fan sohasi bo‘lib, shaxsning individual - psixik xususiyatlarini o‘lchash
va aniqlash usullarini ishlab chiqadi.
Psixotexnika
(grekcha techne - san’at, mahorat) - psixik jarayonlarni sodir
bo‘lish xarakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni o‘stirish va
yangilarini shakllantirishda qo‘llaniladigan konkret metodik usul yoki usullar
tizimi.
Ijtimoiylashuv -
inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot
faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zashtirish jarayoni.
Konformizm
(lat. conformis - o‘xshash, mos keladigan) - inson tomonidan
o‘zining haqligiga ichidan shubhalanmaydigan, fikridan nosamimiy ravishda
qaytish tufayli boshqalarning fikrlarini (ehtimol, noto‘g‘ri bo‘lsa ham) tanqidsiz
qabul qilish.
Liderlik -
guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va
bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlari.
Intellekt, aql -
inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo‘lgan
barqaror o‘ziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning
ichki va tashqi hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo‘ljal
ola bilishdir
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlarning ishonchliligi va validligi xaqida nimalar
bilasiz?
2.
Shaxs psixodiagnostikasi qanday o‘tkaziladi?
3.
Kasbiy psixodiagnostika nima?
Dostları ilə paylaş: