111
1.
Baholanayotgan fazilatlar kuzatilayotgan xulq- atvor atamalari orqali
aniqlanishi lozim;
2.
Ekspert xulq - atvor kuzatishni muayyan vaqt oralig‘ida amalga oshirgani
ma’qul;
3.
Bir faoliyatni baholashda eng kamida o‘n nafar ekspert ishtirok etishi
maqsadga muvofiq;
4.
Sinaluvchilarni ranjirovka (guruhlash) qilayotgan vaqtda uning bitta
fazilatini yoki bir necha xislatlarini baholash tavsiya etiladi.
«Q» - ma’lumot.
Shaxs to‘g‘risida so‘rovnoma va boshqa o‘zini - o‘zi
baholash metodlari asosida olinadigan ma’lumotlarga «Q» - ma’lumot
(«Questionnaire data») deyiladi. Instrumental tuzilishi va qo‘llanilishining
afzalligiga ko‘ra «Q» - ma’lumot (so‘rovnoma, o‘ziga - o‘zi hisob berish, o‘zini -
o‘zi baholash shakllari) shaxsni tadqiq etishda markaziy o‘rin egallaydi. «Q» -
ma’lumot olishga mo‘ljallangan metodikalar psixologiyada yetarli darajada.
Ulardan keng ko‘lamda foydalanilayotganlaridan biri ko‘p omilli shaxs
so‘rovnomasi (MMRI), Kaliforniya psixologik testi (SRI), 16 - faktorli shaxs
so‘rovnomasi, temperamentni o‘rganish Gilford - Simmerman testi va boshqalar.
Ularning kamchiliklari: a) sinaluvchilarning quyi intellektual va madaniy
saviyaga egaligi; b) maxsus bilimlar va introspeksiya malakalari yetishmasligi; v)
ishonchsiz etalonlardan foydalanish.
«T» - ma’lumot.
Eksperimental vaziyat nazoratini ob’yektiv test bilan
olishga asoslangan ma’lumotlar qisqacha «T» - ma’lumot («objective test data»)
deb nomlanadi. «T» - ma’lumot shaxsni tadqiq etishdagi yangicha radikal
yondashuv hisoblanadi. Ular xulq - atvorni o‘zini - o‘zi baholash yoki ekspert
baholarsiz ob’yektiv o‘rganish orqali (verbal, noverbal, ijtimoiy va individual)
olinadi.
Dostları ilə paylaş: