Kasbiy psixologiya


Xarakter to‘g‘risida umumiy tushuncha



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Xarakter to‘g‘risida umumiy tushuncha 
«Xarakter» yunoncha «xaraktir» degan so‘zdan olingan bo‘lib, «qalqiq 
chiziq» ma’nosini anglatadi. Bu yerda tanga, chaqa yuziga tushirilgan bo‘rtma 
tamg‘a ko‘zda tutiladi. 
Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va 
uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, 
buyumlarga), o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual 
xususiyatlarini tushunamiz. 
Shaxsning xarakteriga tegishli bo‘lgan xususiyatlarni xarakter xislatlari 
deyiladi. Xarakter xislatlari kishida tasodifiy uchraydigan xususiyat bo‘lmay, balki 


78 
kishining hulqidagi doimiy, barqaror xususiyatlar bo‘lib, bu xususiyatlar shaxsning 
o‘zigagina xos bo‘ladi. 
Har bir odam ayrim paytlarda mardlik, salobatlilik, rostgo‘ylik, sofdillik 
ko‘rsatishi mumkin. Lekin kishining hayoti va faoliyatida ayrim paytlardagina yuz 
beradigan bunday xususiyatlar hali uning barqaror xarakter xususiyatlari bo‘la 
olmaydi. Biz kishi xarakterini ta’riflamoqchi bo‘lganimizda, bu odam mardlik qildi 
yoki rostgo‘ylik, sofdillik ko‘rsatdi demasdan, balki bu odam mard, rostgo‘y, 
sofdil deb gapiramiz. Bu degan so‘z, mardlik, to‘g‘rilik, sofdillik shu odamga xos 
fazilat, uning xarakter xislati degan so‘zdirki, tegishli paytda mardlik, rostgo‘ylik, 
sofdillik ko‘rsatishni biz muqarrar ravishda bu odamdan kuta olamiz. Agar biz bir 
kishining xarakter xususiyatini bilsak, bu odamning tegishli paytda qanday hatti-
harakat ko‘rsatishini oldindan to‘g‘ri tahmin qila yoki ayta olamiz. 
Kishi 
xarakteri 
tarkibiga 
kiradigan 
ayrim 
xislatlari 
ijtimoiy 
munosabatlarning taraqqiyotiga bog‘liq holda, tarixiy ravishda vujudga kelgan va 
o‘zgargan. Sinfiy jamiyatda xarakterning ham sinfiy xislatlari tarkib topgan. 
Kishilar xarakteridagi ayni bir xislatning o‘zi turlicha ijtimoiy muhitda turlicha 
baholanadi: bir ijtimoiy sinf, bir tarixiy davr uchun ijobiy hisoblangan xarakter 
xususiyati ikkinchi bir sinf, ikkinchi bir ijtimoiy davr uchun salbiy bo‘lib qoladi. 
Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi bilan u ma’lum bir guruhga yohud 
sinflarga xos bo‘lgan ko‘p xarakter xislatlari qaytadan tarbiyalanadi yoki yo‘qolib 
ketadi, shu bilan birga yangi xarakter xislatlari paydo bo‘ladi. 
Ushbu ulkan tarixiy jarayonlar kishilarning ruhiyatiga, xarakteriga, ahloq-
odobiga, o‘zaro munosabatlariga chuqur va ziddiyatli ta’sir ko‘rsatyapti. Bu 
ta’sirlar xalqimizning milliy tiklanishi va milliy qadriyatlarigagina emas, balki 
kishilarimizning xarakter xislatlarini ham o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. 
Hozirgi kunda laganbardorlik, hushomadgo‘ylik, takabburlik, xudbinlik, 
tamoyilsizlik kabi salbiy illatlar o‘rnini o‘zaro muruvvat, hamkorlik, kishilarni 
hurmat qilish, ularga qo‘llaridan kelgancha yordamlashish, mehr-sahovat, adolat, 
savobli ishlar qilish, xalol va haromni, vijdonni his qilish, yaxshilik kabi ijobiy 
sifatlar shakllanib bormoqda. 


79 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin