73
Sangvinik temperament -
hissiyotning tez, kuchli qo‘zg‘aluvchanligi, lekin
beqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli kishilarning kayfiyati
tez-tez o‘zgarib, bir kayfiyat o‘ziga teskari bo‘lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez
almashib turmog‘i mumkin. Sangviniklardagi
psixik jarayonlar, xoleriklardagi
singari, tez o‘tadi. Bu xil temperamentli kishilar ildam, chaqqon,
serharakat va
jo‘shqin bo‘ladilar. Sangvinik temperamentli kishilar tevarak-atrofdagi
voqealardan tez ta’sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar hamda ko‘ngilsiz
hodisalar uncha qattiq xafa qilmaydi. Ular ko‘p ishga tez va g‘ayrat bilan
kirishadigan bo‘ladilar, lekin ishdan tez soviydilar.
Bir zayldagi ishlarni uzoq
davomli sur’atda bajarishga moyil bo‘lmaydilar.
Sangvinik temperamentli bolalar juda serharakat, ildam va chaqqon
bo‘ladilar. Ular har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo‘ladilar.
Ko‘pincha, bir qancha vazifalarni birdaniga bo‘ynilariga oladilar. Lekin, har bir
ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ishdan tez qaytishlari
ham mumkin. Sangviniklar chin ko‘ngildan va’dalar
berishlari, lekin,
ko‘pincha, va’dani unutib, uni bajarmasliklari ham mumkin. Bu xil
temperamentli bolalar o‘yinlarga tez va zavq bilan kirishadilar, lekin o‘yin
davomida, o‘z rollarini tez-tez o‘zgartirib turishga moyil bo‘ladilar. Ular darrov
xafa bo‘lishlari va yig‘lashlari mumkin, lekin ular
hafalikni tez unutadigan
bo‘ladilar. Ularning yig‘isi
kulgi bilan tez almashadi.
Dostları ilə paylaş: