ham biologic, ham ijtimoiy ehtiyojlarini
mustaqil qondira oladigan, o‘zining “men”iga ega bo‘lgan odam.
Munosabat - muayyan tizimdagi elementlarning joylanish harakteri va
ularning oʻz-aro bogʻlikdigini ifodalovchi falsafiy tushuncha
Muloqot – ikki va undan ortiq kishilarning axborot almashinuvi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.
Insoniy munosabatlar psixologiyasi nimani o‘rganadi?
2.
Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rnini tahlil qiling.
3.
Muloqotning psixologik vositalari deganda nimani tushunasiz?
4.
Paralingvistik muloqot vositasini tushuntirib bering.
5.
Muloqotning vazifalari, ko‘rinishlari, shakllari, turlari haqida gapirib bering.
6.
Ta’sir adresatining maqsadi nimadan iborat?
Psixologik ta’sirning uch vositasi 1. Verbal - bu so‘z va
nutqimiz orqali
ko‘rsatadigan
ta’sirimizdir. Bundagi
asosiy vositalar
so‘zlardir.
2. Paralingvistik - bu
nutqning atrofidagi
nutqni bezovchi, uni
kuchaytiruvchi yoki
susaytiruvchi omillar.
Bunga nutqning baland
yoki past tovushda
ifodalanayotganligi,
artikulyasiya, tovushlar,
to‘xtashlar, duduqlanish,
yo‘tal, til bilan amalga
oshiriladigan harakatlar,
nidolar kiradi.
3. Noverbal - ma’nosi
«nutqsiz»dir. Bunga
suhbatdoshlarning fazoda
bir-birlariga nisbatan tutgan
o‘rinlari, holatlari (yaqin,
uzoq), qiliqlari, mimika,
pantomimika, qarashlar,
bir-birini bevosita his
qilishlar, tashqi qiyofa,
undan chiqayotgan turli
signallar (shovqin, hidlar)
kiradi.
68
7.
Muloqotning funksiyalari haqida gapirib bering.
8.
Qaysi muloqot vositasining ta’siri qolganlariga nisbatan kuchliroq?