64
Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari,
hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir.
Jamiyatdan ajralgan,
muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini
saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi.
Shuning uchun muloqotning
shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini, bizning
hayotimizda bajaradigan vazifalarini tahlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbahdoshlarning o‘zaro
bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik,
suhbatdoshni ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir
va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan
kutib oladi, hol-ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham
ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa
millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega.
1.
Suhbatdoshlarning
o‘zaro
bir-birini
tushunishlsrini
ta’minlash.
2. Ijtimoiy tajribaga asos solish (mauglilar);
3. Odamni u yoki bu faoliyatga hozirlash, ruhlantirish (M.Sifr).
Muloqotning
vazifalari
Muloqot
bosqichlari
1. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti;
2. Boshqalar bilan muloqoti;
3. Avlodlar o‘rtasidagi muloqot.
1.
Rasmiy;
2.
Norasmiy;
3.
Shahsiy;
4. Ijtimoiy yo‘naltirilgan;
5. Гуруҳдаги предметга йўналтирилган
Muloqot ko‘rinishlari
- Bevosita «yuzma - yuz» bo‘lishi;
U yoki bu texnik vositalar (telefon,
telegraf va shunga
o‘xshash) orqali;
-professional faoliyatda amaliy yoki do‘stona bo‘lishi;
sub’yekt - sub’yekt tipli (dialogic, sheriklik) yoki sub’yekt -
ob’yektli (monologik) bo‘lishi mumkin.
Muloqot turi
ва
шакллари
65
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat
odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi.
Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘irlanib ketilishi, so‘ng ma’lum
muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lish faktlari shuni ko‘rsatganki,
«mauglilar» biologik mavjudot
sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda
qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi
bilish qobiliyatlarini ham
cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi.
Muloqotning uchinchi muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga
hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan,
ular nazaridan qolgan
odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas,
balki faqat
o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlarda
izolyasiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishni uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan.
Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok,
tafakkur, xotira, hissiy
holatlarnnng buzilishi qayd etilgan.
Dostları ilə paylaş: