80
Kishining xarakteri uning o‘ziga xos xislatlarining majmuidir. Ana shu
xislatlar orasida shu kishini jamiyat a’zosi sifatida xarakterlab beruvchi
xususiyatlar eng muhim ahamiyatga egadir.
Iroda bilan bog‘liq xarakter hislatlari
Kishidagi mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda
sifatlari xarakterning iroda bilan bog‘liq bo‘lgan hislatlaridir. Shu sababli,
xarakter haqidagi ta’limotda ham o‘zini tuta bilish, dadillik, qat’iyat singari
iroda sifatlari ustida yana to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu yerda biz
ularning kishida ahyon-ahyonda ko‘rinishi ustida emas, balki bunday sifatlar
kishining shaxsiy fazilatlariga aylanib ketishligi to‘g‘risida, ularning ayrim
kishi xarakteri hislatlari tariqasida namoyon bo‘lishi haqida gapiramiz.
Kishining iroda bilan bog‘liq bo‘lgan xarakter hislatlari, odatda, undagi
emotsional xususiyatlar bilan muayyan nisbatda namoyon bo‘ladi. Ba’zi
odamlarning irodasi tuyg‘u-hissiyotlarida ustun turadi. Bunday odamlar o‘z
maqsadiga yetishiga halal berishi mumkin bo‘lgan har qanday his-tuyg‘ularini
darhol bostira oladilar. Odatda bunday odamlarni irodasi kuchli, mustahkam
irodali odam deyiladi.
Shunday odamlar ham bo‘ladiki, ularning hatti-harakatida hissiyot
ko‘proq o‘rin oladi; bunday odamlar o‘z hatti-harakatlarida ko‘pincha tasodifan
tug‘iladigan his-tuyg‘ulari ta’siri ostida ish ko‘radilar. Bunday odamlarning
hissiyoti kuchli bo‘lib, tasodifiy kayfiyat va tuyg‘u - hissiyotga tez beriluvchan
bo‘ladilar, shu sababli ularning xarakteri hissiy xarakter deb ta’riflanadi. Ba’zi
odamlarda esa irodaviy faollik undagi tuyg‘u - hissiyotlar bilan birlikda
«monand ravishda» namoyon bo‘ladi, Masalan, mehnatsevarlik mana shunday
xarakter hislatiga ega bo‘lishdir. Mehnat faoliyati kishidan chidam va irodaviy
zo‘r berishni talab qiladi, buni esa unda mehnatga bo‘lgan muhabbat hissi
yengillashtiradi, mehnatni serunum qiladi. Iroda bilan tuyg‘u - hissiyotlarning mana
shunday nisbati bequsur, uyg‘un xarakter alomatidir.
Dostları ilə paylaş: