4-mavzu: sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari. Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi. Reja



Yüklə 107,19 Kb.
səhifə1/16
tarix16.05.2023
ölçüsü107,19 Kb.
#114345
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 4-MA\'RUZA 2021-2022 (5)


4-MAVZU: SINF RAHBARI ISHINI REJALASHTIRISH USULLARI. SINF TARBIYAVIY SOATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. SINF RAHBARINING NAMUNAVIY YILLIK ISH REJASINI TUZISH METODIKASI.
REJA:
1.Sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari.
2.Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha.
3.Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi.
Tayanch so‘zlar: O‘quv reja, tarbiyalovchi, faoliyat, istiqbol, reja, tarbiya, usul, shakl, ekskursiya, uchrashuv, ong, aql, idrok, tafakkur, muruvvat, sahovat, rahm-shavqat, mehr-oqibat, iymon-e'tiqod, mehnatsevarlik, halollik, poklik, ilm, fan, adabiyot, san'at, madaniyat, milliy, umuminsoniy, qadriyat, sadoqat, tarix, madaniyat, urf-odat, an'ana.


1.Sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari.
Sinfdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari va usullari. Sinf rahbari ishini rejalashtirishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quvchilarning o‘zlari faol ishtirok etadilar, biroq unga sinf rahbari boshchilik qiladi. Sinf rahbarlari oldida juda qiyin vazifa tarbiyaviy maqsadlarga o‘ylangan har bir narsani bolalar o‘zlarining shaxsiy fikr va g‘oyalari sifatida qabul qilishlariga erishish vazifasi turadi.
O‘quv reja o‘quvchilarga tarbiya berish jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning zaruriy shartidir. Rejasiz ish olib borish sinfdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari va uslublari o‘lda-jo‘lda, tarqoq, noaniq, tasodifiy holatlarda bo‘ladi va ko‘r-ko‘rona harakat qilishga olib keladi. Bunday taqdirda tarbiyaning asosiy vazifalarni hal etish qiyinlashadi, ba'zan esa butunlay samarasiz bo‘ladi. Reja sinf rahbarining tarbiya berish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun juda katta imkoniyatlar ochib beradi.
Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirishga qo‘yiladigan asosiy uslubiy talablar nimalardan iborat.
Sinf rahbari o‘tkazilayotgan ishlarni hamda ularning o‘quvchilar tarbiyasiga ko‘rsatgan ta'sirini har kuni tahlil qilishlari, o‘zlari erishga yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tushunishga harakat qilishlari kerak. Shunday qilib, rejalashtirishning har bir bsoqichiga tayyorlanish muntazam olib boriladi. Jamoani va ayrim o‘quvchilarni o‘rganish yuzasidan olib borilgan barcha ishlar yakunida sinfga pedagogik tavsifnoma yoziladi. Mazkur tavsifnoma sinf jamoasining o‘ziga xos aniq xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Har bir sinf rahbari o‘z-o‘zini boshqarishning saylab qo‘yiladigan o‘quvchilar qo‘mitasi hamda bolalar va yoshlar tashkilotlari bilan birga ishlash, sinf jamoasiga rahbarlik qilish yuzasidan olib boriladigan amaliy ishlarda bu talabni ro‘yobga chiqaradi.
Tajribali sinf rahbarlari o‘zining kuzatishlari va xulosalarini alohida varaqlarga qisqacha qilib yozib boradi. Bular maxsus jildlarda saqlanadi, to‘plangan ma'lumotlar o‘quvchilar hayotini, uning erishgan yutuqlari va kamchiliklarini keyinchalik tahlil qilish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 107,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin