II. Bolalar va o‘smirlar uyushmasi (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi) bilan birgalikda olib boriladigan ishlar. Ushbu bo‘limda bolalar yetakchichsiga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamg‘armasi kotibiga ularning tarbiyaviy ish faoliyatlarida beriladigan yordamning aniq shakllari ko‘rsatiladi.
III. Sinf o‘qituvchilari bilan ishlash. Darslarda o‘quvchilarni o‘rganish (o‘quvchining darsda o‘zini tutishi, ularning o‘zlashtirmasligi, bilimdagi nuqsonlar, xulqi), o‘quvchilardagi bilim ko‘nikmalarini aniqlash (o‘quvchilar kundaliklari, daftarlarini ko‘rib chiqish, o‘qituvchilar bilan suhbatlashish, o‘quvchilarning o‘quv ishlarini kuzatish, darsliklar, ma'lumotnomalar, jadvallar va hokazolar bilan ta'minlanish ahvolini o‘rganish, nutq madaniyati, uyga vazifa, kasb tanlash maslaalari bilan qiziqish), o‘quvchi o‘qituvchi munosabati (o‘quvchi bilan o‘qituvchining chiqishishligi, o‘qituvchining pedagogik odobga, pedagogik talablarning bir xilligiga erishishi masalalari), o‘zaro yordamni tashkil etish (qoloq o‘quvchilarni aniqlash, fan o‘qituvchisi bilan birgalikda uning sabablarini tahlil qilish va tegishli tadbir belgilash, a'lochi o‘quvchilardan o‘zaro yordam harakatini uyushtirish), o‘qituvchilarga yordam berish (o‘quvchilar haqida tegishli ma'lumotlar, maslahatlar berish, fanga oid tadbirlarni o‘tkazishda ko‘maklashish).
IV. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish.
Bunda aqliy, axloqiy, vatanparvarlik, huquqiy va boshqa tarbiyalar bo‘yicha belgilangan ishlar va tadbirlar, kasb tanlash ishlari (kasblar ro‘yxatini tuzib chiqish, kasb haqida burchak tashkil qilish, mehnat ahlilari bilan uchrashuvlar, o‘quvchilarga anketalar tarqatish, javoblarni tahlil qilish, qiziqishlar kartasini to‘ldirish, kasb haqida insho yozdirish, o‘quvchilarning texnik ijodiyoti ko‘rgazmasini tashkil qilish, sinfdan tashqari o‘qishni tashkil qilish), fan o‘qituvchilari bilan birgalikda adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish, o‘qilgan asarlar yuzasidan suhbat uyushtirish, sinfda adabiy ko‘rgazma tashkil qilish, kutubxona bilan aloqa bog‘lash va hokazolar), sinfda ko‘rgazmali tashviqot ishlari olib borish (sinf burchagi, devoriy gazetalar, varaqalar chiqarish, sinfni mazmunli bezash, ekologik burchak tashkil etish va hokazolar).
Dostları ilə paylaş: |