4-mavzu: sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari. Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi. Reja



Yüklə 107,19 Kb.
səhifə4/16
tarix16.05.2023
ölçüsü107,19 Kb.
#114345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 4-MA\'RUZA 2021-2022 (5)

Rejaning aniqligi. Rejaga bajarib bo‘lmaydigan ishlarni kiritmaslik kerak. Ishni rejalashtirishda mahalliy sharoitlardan kelib chiqish lozim. Rejada hamma narsa ish vaqti, joyi, mas'ullar aniq bo‘lsin.
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi bu majburiy pedagogik hujjatdir. Uni amalga oshirish uchun sinf rahbari shaxsan mas'uldir. Sinf rahbari haqidagi nizomda Sinf rahbarining ishi reja asosida olib borilishi lozim deb belgilab qo‘yilgan.
Sinf rahbari umumaktab ish rejalari, bolalar yetakchisi, O‘zbekiston jamg‘armasi kotibi ish rejalari bilan tanishib, direktor o‘rinbosarlari sinf o‘qituvchilari, sinf faollari, ota-onalar bilan fikrlashib, ularning qimmatli takliflarini hisobga olgan holda ishning istiqbolli rejasini tuzadi.
Ishning istiqbolli rejasi sinf jamoasi tomonidan to‘plangan tajribaga qarab va sinf rahbarining o‘z vaizfalariga muvofiq ravishda bir yoki bir necha yilga mo‘ljallab tuzilishi mumkin. Nizomda Sinfning yillik ish rejasi tuziladi. Uni tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktolr o‘rinbosari tasdiqlaydi deyilgan.
Rejaning ifodalash shakli juda oddiy bo‘lgani ma'qul ishning nomi, bajarish muddati, mas'ul kishi. Reja qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Bo‘lar bo‘lmas ishlar ro‘yxatini qalashtirib, qappaygan reja tuzishga berilib ketmaslik kerak. Rejaga faqat hayot ilgari surgan va o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin bo‘lgan tadbirlarnigina kiritmoq lozim. Kiritilgan tadbirlar har biri bog‘dan, biri tog‘dan olib yozilmasligi, balki ular tarbiyaviy ishlar tizimida bir-biri bilan bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan holda bo‘lishi zarur.
Reja bola shaxsiga ta'sir ko‘rsatuvchi turli tarbiyaviy omillarning nafaqat umumiy, balki xususiy aniq tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi kerak.
Biz quyida sinf rahbari ish rejasining asosiy bo‘limlari va mazmunini beramiz.
1. O‘quvchilar jamoasi bilan ishlash. O‘quvchini o‘rganish (o‘quvchi haqida ma'lumot to‘plash, uning aqliy, jismoniy, ruhiy rivoji, ko‘nikma va malakalari darajasini, tarbiyalanganlik, jamoatchilikka intilish darajalarini diagnostik dasturlar asosida o‘rganish), sinf jamoasini o‘rganish (o‘quvchilar soni, jinsi, millati, yoshi, rasmiy va norasmiy liderlar, qoloqlar, ilg‘orlar, intizomsiz va tarbiyasi qiyin bolalar, ularning sinfga ta'siri, sinfning jamoatchilik topshiriqlariga munosabati, sinfning tarbiyalanganlik, jipslik, rivojlanganlik darajalarini diagnostik dasturlar asosida o‘rganish), sinf jamoasini tashkil etish va yo‘naltirish (tashkiliy ishlar, sinf faollari bilan ishlash, umumiy ishlar ustidan nazorat, bolalarni o‘zo‘zini nazorat qilishga o‘rgatish, navbatchilikni o‘zaro yordamni yo‘la qo‘yish, gazeta tahririyati bilan ishlash, kasalmand va nogiron bolalarga g‘amxo‘rlik, vaqtli matbuot nashrlariga yozilish, mehnat harakatlarida qatnashish, sinf mulkini saqlash, kundalik rejimga bo‘ysunish va hokazaolar).

Yüklə 107,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin