4-mavzu: sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari. Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi. Reja


Rejaga mustaqillik g‘oyalarining singdirilishi



Yüklə 107,19 Kb.
səhifə3/16
tarix16.05.2023
ölçüsü107,19 Kb.
#114345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 4-MA\'RUZA 2021-2022 (5)

Rejaga mustaqillik g‘oyalarining singdirilishi. Barcha tarbiyaviy vazifalar maktab oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadni o‘quvchilarni har tomonlama, sog‘lom avlod uchun dasturi asosida ma'naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga, mustaqil davlat qurilishiga faol qatnashishga tayyorlash maqsadini amalga oshirishga qaratilmog‘i darkor.
Sinf rahbari g‘oyaviy siyosiy ishlarni rejalashtirishda bolalarni faqat kitobiy bilmlar bilan emas, balki amaliy, hayotiy tajribalar bilan qurollantirishni nazarda tutishi zarur. Bu ma'ruzalar, siyosiy maktablar, siyosiy klublar va hokazolarni tashkil qilish mo‘ljallanayotgan vaqtda o‘quvchilarning o‘z g‘oyaviy e'tiqodlarini qay darajada ekanligini sinab ko‘rishga imkon beradigan vaziyatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Bu ishlarni munozaralarda, bahslarda, og‘zaki va yozma jurnallarda, mehnat harakatlarida, bayramlarda, bolalar va yoshlar tashkilotlari ishlarida, tabiatni, hayvonot dunyosini, tarixiy yodgorliklarni qo‘riqlash kabi rang barang tadbirlarda amalga oshirish mumkin.
Axloqiy va vatanparvarlik tarbiyalarga istiqlol ruhi tom ma'nosi bilan singib ketgan bo‘lishi kerak. Ba'zan ayrim sinf rahbarlari ish faoliyatida ko‘ngilochar o‘yinlarni ko‘proq o‘tkazish an'anasi ko‘zga tashlanadi. Rejalashtirishda shuni nazarda tutish kerakki, u o‘yinmi, u ishmi biror maqsadga qaratilganligiga, uning tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor berish kerak bo‘ladi.
Rejaning shakl va yo‘nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo‘lishi. Tarbiyaviy ishning xilma-xil shakl va uslublari bo‘yicha ish olib borish tarbiyaviy ishlarni o‘quvchilar uchun yanada rang-barang va qiziqarli tarzda olib borishga yordam beradi. Rejada o‘quvchilar bilan faqat umumiy holda emas, balki shu bilan birgalikda bolalarning qiziqishlari va mayllarini hisobga olgan holda ham ish yuritishni nazarda tutish muhimdir.
Reja uzluksiz va izchil bo‘lishi. Rejada belgilanadigan tarbiyaviy tadbirlar yagona tarbiyaviy jarayonning tarkibiy bo‘laklaridan iborat bo‘lmog‘i kerak. Har bir tadbir o‘zidan oldingi tadbirning davomi bo‘lishi va erishilgan tarbiya natijalariga asoslanishi lozim. Bu uzluksizlik va izchillikni ta'minlaydi, erishilgan yutuqlar, qimmatli ko‘nikmalarni yo‘qolib ketishdan saqlaydi.

Yüklə 107,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin