Sinf tarbiyaviy soatlarini tashkil etish, uni o‘tkazishning tartibi va uslublari. Har bir pedagog o‘z ish faoliyatidan kelib chiqib,ta'lim-tarbiya maskanlarida olib boriladigan tarbiyaviy soatlarni shunday tashkil etsinki, toki uning mazmun va mohiyati uzoq muddat esdan chiqmasin. Ularni quyidagi mavzularga asoslanib olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
I.Ma'naviyat va burch tarbiyasi. Ma'naviyatimizning qadimiyligi, mazmun va mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy tamoyillari, uning jamiyatimiz taraqqiyotidagi roli va ahamiyati, Prezidentimiz asarlari va nutqlarida insonni jonli mavjudotlardan ajratib turadigan ong va til, aql-idrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat va sahovat, rahm-shavqat, mehr-oqibat, iymon-e'tiqod, mehnatsevarlik, halollik, poklik, tabiatni e'zozlash, ilm va fanni, adabiyot va san'atni, madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o‘zi va o‘zga millat kishilarini, ularning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish va qadrlash xislatlarini tarbiyalash asosiy maqsad qilib olinadi.
Tarbiyaviy soat mavzulari. 1. Ma'naviyat insonga havodek, suvdek zarur.
2. Insonni hayotini bezaydigan, go‘zallashtiradigan omil ma'naviyatdir.
3. Davlat va millat ma'naviyati bilar ko‘rkamdir..
4. Ma'naviy barkamol kishilar hayoti biz uchun namuna.
5. Halollik va rostgo‘ylik inson fazilati.
6. Bugun niyat ertangi haqiqat.
7. Chin va yolg‘on do‘stlik.
8. Haqiqiy va qalbaki qahramonlik.
9. Yomon odatdan saqlan.
10. Iymonsizda Vatan tuyg‘usi bo‘lmaydi.
12. Qur'oni karim va Hadis sharifdan parchalarni o‘qish va muhokama qilish.
Eslatma. Yuqoridagi va quyidagi tavsiya qilinadigan mavzularni sinf o‘quvchilarining qabul qilish darajasiga qarab soddalashtirish, murakkablashtirish mumkin.
II. Vatanni sevmoq iymondandir. Uning baxt-saodati, yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bin inson uchun baxtdir. Vatandan ortiq mehrigiyo va ulug‘ ne'mat yo‘qligini isbotlovchi mavzular bu bo‘limga kiritilishi mumkin.
1. Vatan sen suygan odamlar manzili.
2. Vatan bu tug‘ilgan joy.
3. Davlat, Hukumat, Xalq tushunchalari nima.
4. Urush va mehnat faxriylarini e'zozlaymiz.
5. G‘alaba va mustaqillik kunini sharaflaymiz.
6. Harbiy o‘yinlarda ishtirok etish.
7. Vatanimga xizmat qilaman.
8. Chin Vatanparvarlik o‘z o‘lkasini sevishdan boshlanadi.
9. Hadisdan mavzuga oid parchalarni o‘qish va muhokama qilish.
10. Respublikamiz istiqlolini mustahkamlashda faolmiz.
11. Mening vatandoshim zamondoshim.
12. Bizdan ozod, obod vatan qolsin.
13. Mustaqillik uchun kurashgan ajdodlarimiz faxrimiz.
14. O‘zbekiston Vatanim manim.