4-mavzu: sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari. Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi. Reja


V. Bilim olishda ongli munosabatni tarbiyalash



Yüklə 107,19 Kb.
səhifə9/16
tarix16.05.2023
ölçüsü107,19 Kb.
#114345
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 4-MA\'RUZA 2021-2022 (5)

V. Bilim olishda ongli munosabatni tarbiyalash.
Bu tarbiyaviy tadbirni yuqoridagi kitobdan olingan quyidagi parchalarni sinf tarbiyaaiy soatida ishlab chiqilsa, maqsadga muvfoiq bo‘ladi.
1. Ilm ko‘ngil ko‘zini ochur, nodonlik qorong‘ulikni keltirur, ulug‘ darajalarga yetkurur, dushmanlarga qurol bo‘lur, tiriklikni saqlar, dunyo kutmaq sabbalarini bildirur, yuurt ichida va umumxalq ila qanday suratda bo‘lmak kerak ekanini o‘rgatur.
2. Olimlar payg‘ambarlarning vorislari, dunyoning nurlari bo‘lib, nodonlarda dunyoda turganlari holda o‘liklar huqmidadirlar, chunki ular Olloh taoloning ajib narsalariga kerak vaqtidagina ko‘z solurlar, lekin ibrat ola bilmaslar. Kerak vaqtida suv ichadilar, ammo suvning nimadan hosil bo‘lgani, chashmalarning qayerdan kelib, qayerga ketganlaridan xabardor bo‘lmas.
3. Ilmi ko‘b kimsalarga qaraganda oz ilmli bo‘lmakdan uyalmangiz, balki bilmaq qo‘lingizdan kelajak narsalarni bilmay qolishingizdan uyalingiz, chunki bunisi aybdir.
4. Ilm axllariga nafs ortidan yo‘rmaq hyech kelishilgan ish emas, shuning uchun shariyat o‘lchovidan tashqari mol sevmangiz shahvatlarga asir bo‘lmangiz.
5. Har vaqt ilmga muhabbat qo‘yingiz, o‘rgatilmish narsalarni ixlos ila tinglangiz. Keraklilardan darkorini o‘rganingiz va har bir ilmdan ko‘rkam bo‘lishni bilingiz, hyech vaqt ilmga takabburlik ko‘rsatmangiz.
6. Ilm o‘rganmak harnaqadar go‘zal ish bo‘lsa-da, buzuq niyat ila bo‘lganida go‘zalligi yo‘q bo‘lur. Shuning uchun Bizdan Olloh taolo rizo bo‘lsin ham yaxshi ishlarga sabab bo‘lsin, deya yaxshi niyat etingiz. Bu esa yaxshi niyatdir. Imom, muazzin, oxund, qoziy yoki muallim, mudarris va nima bo‘lsada, bir marataga erishsak edi, deb niyat etmangiz, ko‘nglingizda bu kabi narsalarni chiqaringiz, chunki bu yaaxshi niyat emasdir. Zero ilmdan maqsad daraja emas , balki foydali odam bo‘lmakdir.
7. Xazinangizda bo‘lgan ilmdan ortiqni da'vo etmangiz, o‘z-o‘zingizga ulug‘lik ila hukm aylamangiz. Bilursizmi, donlaru va yirik bo‘lgan boshqlar har vaqt boshlarini qo‘yi solib tururlar. Donsiz yoki donli boshoqlar boshlarini yo‘qori ko‘tarib tururlar, ozgina havo silkinsa, silkina boshlaydilar, holbuki, o‘zlarining o‘tga yondirmaqdan boshqa foydalari bo‘lmas.
Shundan so‘ng:
1. So‘nggi axborot minuti o‘tkazish. O‘quvchilarga navbat bilan hafta mobaynida Vatanimiz va chet el yangiliklaridan to‘plab, muhokoma qilinadi. Materiallar gazeta, radio va televideniyadan to‘planadi. Buning uchun har tarbiyaviy soatda 3-4 minut vaqt ajratiladi, bu vaqt davomida har bir o‘quvchi bu tadbirda bir marta qatnashadi.
2. O‘quvchilarni maktabdagi fan to‘garaklarni qatnashishini etish va kuzatish.
3. O‘ylab ko‘r, bahs, bilib qo‘ygan yaxshi, yangiliklar mavzularda sinfning munozara burchagini tashkil etish.
4. Gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishini ta'minlash.
5. Radio va televideniyalarda o‘tadigan o‘quvchilarbop eshittirish ko‘rsatuvlarini eshitish va ko‘rish, uni muhokoma qilish.
6. Fan haftaliklarida ishtirok etish.
7. Fanga oida maktabda tashkil etiladigan ko‘rgazma, kecha, badiiy va fan olimpiadalarda qatnashish.

Yüklə 107,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin