VI. Ekologik tarbiya.
Inson samarali mehnati, tabiat noz-ne'matlaridan oqilona foydalanishi va uning go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishi tufayli farovon hayot kechiradi. O‘quvchilarda bu tushunchani shakllantirishda ekologik tarbiya muhim o‘rin tutadi.
Ekologik tarbiya bu o‘quvchilarda atrof-muhitga nisbatan beparvo bo‘lmaslik, tabiat, inson, hayvonot va o‘simliklar dunyosini e'zozlashni shakllantirish demakdir. Bu jarayon dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.
1. Yashab turgan tuman, viloyat tabiatini o‘rganish.
2. “Suvsiz hayot bo‘lmas”, “yer xazina”, “Suv oltin” mavzularida til adabiyot o‘qituvchisi hamkorligida insho o‘tkazish, muhokama qilish, namunali insholar ko‘rgazmasini tashkil etish.
3. Tabiat boyliklari deganda nimani tushunasiz, Tabiatni asrash uchun nimalar qilish kerak, Qanday daraxt va gullarni sevasiz, mavzularida munozara tashkil etish.
VII. Sog‘liqni saqlash. Sog‘lom avlodni tarbiyalash tadbirlari.
1. Tibbiyot xodimlarining tozalik va soliq haqidagi suhbatlarini uyushtirish.
2. Sog‘lom tanda sog‘lom aql, Sog‘liq tuman boylik mavzularda munozara o‘tkazish.
3. Buyuk allomalarning sog‘liq salomatlik haqidagi o‘gitlarini muhokama qilish.
4. Gazeta, jurnal va badiiy asarlar qanday o‘qiladi mavzusida munozara.
5. Jinsiy tarbiya borasida o‘g‘il va qiz bolalarga alohida ma'lumot berish.
Shuningdek, kitoblardan ovqatlanish, isrof, va shu kabi odoblar haqida ibratli parchalarni tushuntirish va yetkazib berish ishlab chiqilsa maqsadga muvfoiq bo‘ladi.
VII. Jismoniy tarbiya.
“Badan tarbiya bilan mu'tadil va uzoq vaqt shug‘ullanuvchi kishi tabiblarning davosiga muhtoj bo‘lmaydi”. Abu Ali ibn Sino
Kelajak avlodni har jihatdan yetuk qilib tarbiyalash, o‘quvchilarni jismoniy baquvvat, har qanday muhitga, mehnatga qodir va chidamli qilib tarbiyalash maqsadida sinf tarbiyaviy soat darslari va boshqa tarbiyaviy tadbirlardan quyidagicha foydalanish maqsadga maolik.
1. Salomatlikni saqlash va tiklash uchun jismoniy mashqlardan foydalanish (Maktabdagi darsdan oldingi badan tarbiya mashqlariga qatnashishlarini ta'minlash).
2. O‘quvchilarni maktab va maktabdan tashqaridagi sport musobaqalariga qatnashishlarini ta'minlash.
3. YOshlik chaqqonlik mavzusida suhbat.
4. Ular bilan faxrlanamiz mavzusida uchrashuv o‘tkazish, albom yoki stend tayyorlash (maktab, tuman yoki viloyatdan chiqqan sportchilar haqida).
5. Agar yursang piyoda, umring bo‘lar ziyoda mavzusida ta'til vaqtlarida ekskursiyalarga chiqish.
6. Sport musobaqalariga jalb qilish.
7. Vatandosh buyuk allomalarimizning jismoniy tarbiya haqidagi fikrlarini muhokama qilish.
Tarbiyaning muhim sohasi sanalmish jismoniy tarbiya haqidagi o‘zbek mutafakkir olimi, yetuk pedagog Abdulla Avloniyning Turkiy guliston yoxud axloq kitobidan olingan ushbu parchani o‘rganish o‘rinlidir.
“Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki, o‘qimoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur. Sog‘ bo‘lmagan inson amallarida, ishlarida, ibodatlarida kamchilik qilurlar.
Badan tarbiyaning fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh, ikkisi bir choponning o‘ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini quyub, astarini yuvub, ovoroa bo‘lmoq kabidurki, har vaqt kiriga uradur. Fikr tarbiyasi uchun malxam va sog‘lom bir vujud kerakdur”.
Dostları ilə paylaş: |