Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari. Tarix falsafasi va uning ijtimoiy mazmuni



Yüklə 223 Kb.
səhifə1/28
tarix08.12.2022
ölçüsü223 Kb.
#73265
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudlig


3-mavzu: Jamiyat falsafasi va inson borlig‘i


Reja:


  1. Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini.

  2. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari.

  3. Tarix falsafasi va uning ijtimoiy mazmuni.

  4. «Madaniyat» tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari.

  5. Aksiologiya – qadriyatlar falsafasi.

  6. Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari.

  7. Inson, shaxs va individ tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi.

  8. Inson – bioijtimoiy mavjudot sifatida.

  9. Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi.

  10. Inson hayotining mazmuni va unda insonning vazifasi. Insonnig umri, o‘limi va manguligi.

Tayanch so‘z va iboralar: Jamiyat, ijtimoiy falsafa, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy uyushma, davlat, sivilizatsiya, madaniyat, taraqqiyot, milliy davlatchilik, fuqarolik jamiyati, nodavlat tashkilotlar, oila, mehnat, iqtisodiy kichik tizim, ijtimoiy ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish, mulk, ma’naviy kichik tizim, axborot va kommunikasiya, individual va ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya, mafkura, ijtimoiy kichik tizim, katta ijtimoiy guruhlar, etnik birliklar, institutlar, hududiy guruhlar, ijtimoiy makon, siyosat, madaniy universaliyalar, qadriyat, falsafiy antropologiya, inson, hayot, kosmosentrizm, teosentrizm, sotsiosentrizm, antroposentrizm, biosferosentrizm, ekzistensializm, insonnning bioijtimoiy mohiyati, insonni tushunishda dualism va monizm, insonning mohiyati, hayotning mazmuni, hayotni tark etish, insonning vazifasi.


Jamiyat falsafasi
Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo‘lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o‘tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog‘liq barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo‘llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo‘lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a’zosi deb ataladi.
Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo‘lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo‘ldi.

Yüklə 223 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin