Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari. Tarix falsafasi va uning ijtimoiy mazmuni


Falsafa tarixida qadriyat muammosi



Yüklə 223 Kb.
səhifə7/28
tarix08.12.2022
ölçüsü223 Kb.
#73265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudlig

Falsafa tarixida qadriyat muammosi. Insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar narsalarning muayyan qimmatga ega ekanligini, insonning u yoki bu ehtiyojlarini qondira olishini, biron sohada foydali bo‘lishi mumkinligini kashf etganlar. Shu bilan narsalarning qadriyaviy xususiyati ochilgan.
Dastlabki paytlarda bu xususiyat buyumlarning amaliy foydasi bilan bog‘lanar edi. Keyinchalik qadriyat maqomi boshqa ijti­moiy instutlar va ma'naviy hodisalarda ham tan olina boshlandi. Yevropa falsafasida qadriyatlar muammosi Qadimgi Gretsiyada qo‘yilgan edi. Bu muammoni birinchilardan bo‘lib Suqrot ko‘tarib chiqdi. U aksiologiyaning asosiy masalasini «Ne'mat nima?» degan savol bilan ifodaladi. Uning bu savolga murojaat etishi tasodifiy emas edi. Bu hol Afina demokratiyasining tanglikka uchrashining qonuniy natijasi sifatida yuzaga keldi. Mazkur savolga javob berish yangi ijtimoiy ideallarni qidirishda yordam berishi lozim edi. Keyingi davrlarda ham qadriyatlar falsafasi tarixning burilish davrlarida, an'anaviy qadriyatlar qadrini yo‘qotgan, jamiyatning ijtimoiy negizlari obro‘sizlangan paytlarda dolzarb ahamiyat kasb etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Antik an'ana doirasida qadriyatlar muammosini ishlab chiqishda Demokrit katta rol o‘ynadi. Qadriyatlar tabiatini naturalistik (obyektivistik) talqin qilish an'anasini u boshlab berdi. Antik faylasufning fikriga ko‘ra, baxt-saodat, ezgulik, adolat, go‘zallik mezonlari tabiatning o‘zida, hamma narsaning o‘z tabiiy oqimida ketishidadir. Nimaiki tabiatga mos bo‘lsa - yaxshi, nimaiki unga zid bo‘lsa - yomon. Bizning xuzur-halovatimiz va azoblarimiz, qoniqishimiz va noroziligimizning asosi ana shunda.
Aflotunga ham qadriyatlarni obyektivistik tushunish xos edi. Biroq materialist Demokritdan farqli o‘laroq Aflotun ularning manbaini tabiatda (narsalar olamida) emas, balki vujudsiz mohiyatlar (obyektivlashtirilgan tushunchalar) - g‘oyalar olamida ko‘radi. «Katta Gippiy» asarida Aflotunning Suqrot ismli qahramoni Gippiy bilan suhbatda u yoki bu narsalarni go‘zal qiluvchi narsa nima ekanligini bilishga urinadi. Go‘zallikning ayrim narsalardagi in'ikosini namoyish qilish orqali go‘zallikning nima ekanligini idrok etish mumkin emasligi faylasufni go‘zallik «g‘oya»siga olib keladiki, ana shu go‘zallikning qandaydir bir narsaga qo‘shilishi uni go‘zal qiladi. Aflotun g‘oyalari bir-biriga bo‘ysunuvchi muayyan tartibda joylashadi. Mazkur g‘oyalar piramidasining cho‘qqisi baxt-saodat g‘oyasidir. Aynan shu g‘oya ijobiy fazilatlarning, go‘zallikning, haqiqat va uyg‘unlikning manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Qadriyatlarning boshqa bir relyativistik (subyektivistik) konsep­siya­si ham mavjud bo‘lib, unga Protagor asos solgan. Mazkur kon­sep­siya­ga muvofiq qadriyatlarning bahosi nisbiy bo‘lib, u insonga bog‘liqdir.

Yüklə 223 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin