Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

 
Tayanch so‘z va iboralar:
Ijtimoiy psixologiya
– psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i 
bo‘lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi. 
Ijtimoiylashuv
- inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - 
faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni. 
Kasb
– faoliyat shakllari birlashmasi bo‘lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, 
mehnat natijalari hamda mehnat sub’ektini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar 
majmui. 
 
Psixika
– yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi 
bo‘lib, uning mohiyati tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar 
ko‘rinishida aks ettirishdan iborat. 
Psixik jarayonlar
– u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, 
xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va 
rivojlantiruvchi jarayon. 
Psixologiya
– odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-
hissiyot va boshqa psixik xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan. 


30 
Psixik holatlar
– psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga 
aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik 
v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo‘lib, ularning muayyan xususiyatiga 
ham aylanib qoladi. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
Psixologik bilimlarning paydo bo‘lishining tarixiy davrlarini qanday 
izohlaysiz? 
2.
Psixologiyaning ilmiy fan sifatida shakllanishi davri qaysi asrga to‘g‘ri 
keladi va u haqda nima bilasiz? 
3.
Birinchi eksperimental psixologik laboratoriyaga kim asos solgan? 
4.
Bixeviorizm oqimi qachon paydo bo‘lgan va uning asosiy g‘oyasi nimani 
anglatadi? 
5.
“Id (U) – ego (Men) – Superego (Mendan oliy)” tushunchalarini mohiyatini 
qanday asoslab bera olasiz? 
6.
Kasbiy psixologiyaning fanlar tizimida qanday o‘rin tutadi? 
7.
Kasbiy psixologiyaning tatbiqiy va amaliy sohalarining hozirgi zamon 
muammolari nimalardan tashkil topgan? 
8.
Mahalliy sharoitda amaliy psixologiyaning qanday asosiy yo‘nalishlari 
taraqqiy etgan yoki shakllanib bormoqda? 
9.
Siyosiy sohasida ishlayotgan psixolog ishining o‘ziga xos jihatlari 
nimalardan iborat? 
10.
Psixologiyaning maorif sohasidagi amaliy ishlari Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi rejalari bilan qanday uzviy bog‘langan? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin