Ma’suliyat jamiyat, ijtimoiy gurux tomonidan shaxsga qo‘yiladigan
talablar asosida shakllanadi. Bu talablarning shaxs tomonidan
o‘zlashtirilishi uning xatti-harakatlari, faoliyatida namoyon bo‘ladi.
SHaxsning shakllanishida ma’suliyat xissini tarbiyalash muxim o‘rin tutadi.
Ma’suliyat shaxsning jamiyat manfaatlarini qay darajada chuqur anglay
olishini nazarda tutadi. Erkin shaxs avvalo jamiyat manfaatlarini anglagan,
jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini chuqur xis eta oladigan inson. Jamiyat
xayoti va taraqqiyoti inson faoliyatining maxsuli va ko‘rinishi ekan, inson
qanchalik ma’suliyatni chukur xis eta olsa, shunchalik u ongli faoliyat
ko‘rsata oladi.
Demokratik jamiyatning shakllanishi va taraqqiyotni amalga oshirish
jarayoni ketayotgan hozirgi sharoitda odamlar o‘rtasida amal qiladigan
axloqiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy va mafkuraviy munosabatlarni
yaxshilash
va
mustahkamlash
uchun
xalqimiz
ma’naviyatini
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHaxs va jamiyat
munosabatlarining axloqiy, huquqiy jihatlarini mustahkamlash inson
shaxsini shakllantirishga, fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratishga
bog‘liqdir.
Bu borada shaxs ma’naviyatini tinmay boyitish, uni jamiyatimiz
moddiy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirokini ta’minlash muhimdir. “Barchamiz
yaxshi bilamizki, -degan edi Respublikamiz Prezidenti I.Karimov, -
fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi
ma’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni muntazam kamol toptirish borasida
uzluksiz ish olib borishdan iborat”.
Darhaqiqat, shaxs kamolotining muhim omillaridan bo‘lgan ma’naviy
madaniyatini rivojlantirish o‘z mazmun mohiyati bilan insonning shaxs
sifatida shakllanishiga, shaxs va jamiyat munosabatlarini yaxshilashga
xizmat qiladi hamda yangi fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim
o‘rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: