Tuproq degradatsiyasi


Tuproqning tarkibiy qismlari



Yüklə 28,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü28,06 Kb.
#205856
1   2   3
2. Tuproq degradatsiyasi

Tuproqning tarkibiy qismlari. 
Mustaqil tabiiy jism - tuproq qattiq, suyuq, 
gazmison va tirik jonivorlar (tuproq organizmlari) kabi bir-biri bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan turli qismlardan iborat ko‘p fazali dispers sistemadir (jadval). Tuproqning 


mineral qismi uning massasiga nisbatan 80-90 foiz, organogen qismi esa 1-20 foiz 
atrofida. 
Agar insoniyat o‘zi uchun zarur oziq ovqat mahsulotlarning 
88%
ini yerdan 
olinsa, uning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi. O‘tloqlar va yaylovlar hisobidan olinadigan 
chorvachilik mahsulotlarini ham shu hisobga kiritsak, bu raqam 
98%
dan oshadi. 
“Tuproq degradatsiyasi 
- tabiiy va antropogen jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, 
tuproqning turli xil (fizik) funksiyasining yomonlashishi, yerlarning tabiiy ishlab 
chiqarish axamiyati pasayishiga olib keladi. Tuproq unumdorligini tiklash ekinlar 
xosildorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni axamiyati juda katta. 
Tuproq degradatsiyasi moxiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi; 
1.Fizik va mexanik degradatsiya
. Tuproq granulometrik tarkibining o‘zgarishi 
bilan tuproqning yomonlashish jarayoni kuzatilishi, tuproq qatlamlari nazoratsiz 
qolishi, ularning zichlashishi, xavo va suv rejimlarining buzilishidir. 
2.Kimyoviy degradatsiya 
– bu tuproq singdirish sig‘imidagi jarayonlar, 
jumladan kislotalik, ishqoriylik xossalarini, oksidlanish va qaytarilish potensialini, 
makro va mikroelementlarni xamda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan xayot 
elementlarining salbiy tomonga o‘zgarishidir. 
3. Biologik va biokimyoviy degradatsiya 
- bu tuproq organik qismining 
o‘zgarishi va sifatining yomonlashishi, tuproq organizmlarining sifat va miqdor 
tarkibining salbiy tomonga o‘zgarishidir. 
Tuproq degradatsiyasining o‘ziga xos turlaridan biri – tuproqning zaxarli 
kimyoviy va organik birikmalar, og‘ir metallar neft va neft maxsulotlari xamda 
radioaktiv elementlar bilan ifloslanishidir. 
Tuproq degradatsiyasining asosiy turlariga; tuproqning fizikaviy, fizik kimyoviy 
, biologik xossalariga , xavo, suv va issiqlik rejimi salbiy ta’sir etuvchi, eroziya, 
degumifikatsiya jarayonlari, qatlamlarining zichlanishi, kislotalikning ortishi
ikkilamchi sho‘rlanish, botqoqlanish kabilar qiradi 
“Tuproq degradatsiyasi” - bu inson faoliyati ta’siridagi jarayonlar yig‘indisi va 
tuproqning insonlar xayotini qo‘llab-quvvatlaydigan qobilyatining kamaytirishdir 
Yer quruqlik qismining nihoyatda yupqa qatlami hisoblangan tuproq qoplami 
orqali yer po‘sti, atmosfera, gidrosfera va tuproqda yashovchi ko‘p sonli organizmlar 
orasidagi murakkab modda va energiya almashinish jarayoni boradi.
Taniqli ekolog olimlardan biri J.Dorst (1968) ta’kidlaganidek, «Tuproq – 
bizning eng qimmatli kapitalimiz (boyligimiz). 
Hayot va yer yuzisidagi barcha tabiiy va sun’iy biogeotsenoz kompleksining 
bexatarligi oxir oqibatda yerning eng yuza qismini tashkil etuvchi, nihoyatda yupqa 
qatlamiga bog‘liq». 


Tuproqning turli xossa va rejimlariga salbiy ta’sir etuvchi, degumifikatsiya 
jarayonlari, eroziya, qatlam zichlanishi, kislotalikning ortishi, ikkilamchi sho‘rlanish, 
botqoqlanish kabilar qiradi.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi (ko‘rinishlarga) tiplarga bo‘linadi;
• 
Texnologik (yerdan uzoq muddat foydalanish)
• 
Tuproq eroziyasi
• 
Sho‘rlanish
• 
Botqoqlanish
• 
Tuproqning ifloslanishi
• 
Cho‘llanish(qurg‘oqchilik

Yüklə 28,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin