117
Avtomatik boshqariluvchi MRT lar: programmaviy,
moslashuvchan va
intelektual MRT larga ajraladilar.
Programmaviy MRT lar oldindan tuzilgan va boshqarish jarayoni
davomida o‘zgarmaydigan boshqarish programmasi asosida boshqariladi.
Amaldagi barcha hozirgi kunda ishlab chiqarishda
ishlayotgan MRT lar
programmaviy MRT lardir. Ularning qo‘llanish doirasi nihoyatda keng:
stanoklarga, pechlarga, texnologik liniyalarga xizmat ko‘rsatish
payvandlash va
yuklash hamda yuk tushirish operatsiyalarini bajarish va hokazolar. Programmaviy
MRT lar qo‘llanish doirasining cheklanishlari MRT larning konstruksiyalari,
aynan informatsion -o‘lchov datchiklarining kam assortimenti
hamda boshqarish
sistemasining nomukammalligi bilan aniqlanadi. Programmaviy boshqarishli MRT
lar mustaqil ravishda o‘z funksiyalarini bajara olmaydilar. Berilgan programmadan
xar qanday chetlanish MRT ning to‘xtab qolishi, ba’zi xollarda ishdan chiqishiga
olib keladi. Bunday cheklanishlar ma’lum darajada ikkinchi avlod MRT larida
yoki moslashuvchan MRT larda engib o‘tilgan.
Ular ma’lum darajada o‘z tarkibida ichki va tashqi axborot datchiklarining
katta to‘plamiga va EHM yordamida amalga oshirilgan
murakkab boshqarish
sistemasiga egadirlar.
Sezish datchiklari sun’iy sezgi organlaridir. Ular, haqiqiy mavjud muhit
holatini e’tiborga
olgan holda, MRT ijro mexanizmlarini boshqarish qonunlarini
shakllantiruvchi boshqaruv sistemasi uchun qayta aloqa siqnallarining manba’lari
hisoblanadi.
Intellektual MRT lar uchinchi avlodga mansub, sezgisi ko‘proq boyitilgan
va informatsiyani mikroprotsessorli
qayta ishlaydi, mavjud holatni payqab
fahmlaydi, noaniq yoki o‘zgarib turadigan sharoitlarda
kerakli operatsiyalarni
bajarish uchun o‘zining keyingi hatti-harakatlari yuzasidan avtomatik tarzda
qarorlar qabul qila oladigan sezgiga egadirlar.